«Uyingizdagi sichqon uchun ham hujjat ko‘rsating!»
Vazirlar maxkamasining 7 oktyabr qaroriga asosan Toshkentda ko‘plab uy egalari va ijarada turuvchilar tekshirilayotgani bildirilmoqda.
O‘zbekistonning rasmiy O‘zA agentligi xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi nomiga uch yarim mingdan ko‘proq murojaatning 40 foizi propiska, fuqarolik, pasport masalalariga taalluqlidir.
Shuningdek, Toshkent shahrida ichki ishlar bo‘limlari, korxona, tashkilot va muassasalar vakillaridan iborat 10-15 kishilik maxsus guruhlar uyma-uy yurib pasport rejimini tekshirish, bo‘sh turgan uylarni aniqlash, uy-joyni ijaraga berish tartibiga rioya qilinishi kabi masalalar yuzasidan keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazilmokda.
Maxkama karoriga ko‘ra o‘tkazilayotgan, propiska yoki uyingizga kelgan mehmon shaxsi va xujjatlarini aniqlash yuzasidan tekshiruvlar absurd va ba'zan mutlaqo noxush yakun topishi mumkinligiga ishora qilarkan, eltuz.comga karikatura jo‘natgan rassom Adolat O‘zbekistonda «qo‘lga tushgan sichqon» o‘rnida har bir aybsiz vatandosh bo‘lishi mumkinligiga ishora kiladi.
Rassom Adolat
Eltuz.com