Asosiy mavzular
25 fevral 2024

O‘rta Chirchiq hokimi hukumat qarorini ham, do‘konni ham buzdi

Prezident qarori asosidagi auktsion savdolari orqali olingan joylarning buzib tashlangani iddao qilingan murojaat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani hokimligi ushbu ob'ektlar auktsion savdosida yutib olinmaganini rasman bildirdi.

“Qayd etish lozim, ushbu ob'ektlar auktsion savdosida yutib olinmagan va noqonuniy o‘rnatilgan konteynerlar hisoblanadi” deyiladi Eltuzga yetib kelgan O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati tarqatgan rasmiy bildirishda.

Rasmiy bildirishda shuningdek, “tegishli ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda O‘rta Chirchiq tumani «Mustaqillik» mahallasi hududida yo‘lning qatnov qismi chetida qat'iy belgilangan qonun talablariga rioya qilinmay o‘zboshimchalik bilan, qolaversa, hech qanday auktsion savdolarisiz o‘rnatilgan reklama bannerlari, yengil tipdagi konteynerlar aholi, ayniqsa, yo‘l-transport harakati ishtirokchilariga qulaylik yaratish, sun'iy tirbandliklarning oldini olish maqsadida” olib tashlangani aytilgan.

Bundan avval, Eltuz obunachisi O‘rta chirchiq tumani hokimi prezident qarorlari asosida tashkil etilgan «Auktsion» savdolari orqali yutib olingan joyni buzdirib tashlagani haqida xabar bergan.

“Qonuniy xizmat olib borayotgan tadbirkorlarga bunday bosim bo‘lib, faoliyatiga qarshiliklar ko‘payaversa kimni tadbirkorlik qilgisi keladi? Yana qachongacha buzdi-buzdi davom etadi?” deya yozg‘irgan edi.

Rasmiylarning bildirishiga javoban u Eltuzga ob'ektning chindan ham auktsionda yutib olinganini tasdiqlovchi hujjatlarni yubordi.

Hususan 2023 yilning 29 mayida o‘tkazilgan elektron onlayn-auktsion tanlov natijalari bo‘yicha LF tartib raqamli ishtirokchi 5690047 lot raqami bo‘yicha tanlov g‘olibi deb topilgani qayd etilgan.  

Elektron onlayn Auktsionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasi KS 025 92 98 48 conli bayonnomasiga ko‘ra, oziq va nooziq ko‘chma savdo ob'ekti 36 oy muddat bilan foydalanishga berilgan yer uchastkasining sotilgan narxi 945 ming so‘m deb ko‘rsatilgan.

Ayni hujjatda E-auktsion savdo platformasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18 qarori asosidagi nizomning 46 bandi bilan tasdiqlangani, ayni bayonnoma oldi sotdi shartnomasi kuchiga egaligi, mulk va mulkiy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanishi bildirilgan.

Tadbirkorlik sub'ektlari uchun ayni talab, ya'ni Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, ko‘chma savdo ob'ektlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatga olinishi kerakligi O‘rta Chirchiq tumani hokimligi xati xulosasida ham alohida ta'kidlangan.

Bu bilan O‘rta Chirchiq tumani hokimi bilvosita hukumat qarori asosida tashkil qilingan auktsion savdolari orqali olingan joyning buzib tashlanganini tan olayapti.

Agar rasmiylar bildirgani kabi bu qurilmalar yo‘l transport harakatiga halaqit berayotgan bo‘lsa u holda bu muammolar uchun, tag‘in shu ob'ektni savdoga qo‘ygan hukumat unitar korxonasi yoki vazirlar mahkamasi javob berishi kerak.

Eltuz esa uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
30 mart 2020
Tuman markaziga borib keldim. Ishim bor edi. Qalampir va pomidor ko‘chatlar sotyapti ekan. «Pomidor ko‘chati yetti donasi ming so‘m», ...
22 aprel 2016
«Pravda vostoka» gazetasi Toshkentda milliy innovatsiya tizimi masalasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda xorijlik mehmonlar ham ishtirok etganini bildirdi. Ana ...
19 noyabr 2020
16 noyabr kuni Chirchiq tumanlararo fuqarolik ishlari sudi Xalq ta'limi vazirligining sobiq deputat Qobil Do‘sovga nisbatan da'vosini qanoatlantirish to‘g‘risida ...
20 aprel 2016
Xususan, «XXI asr» gazetasining yozishicha, 2015 yilda O‘zbekiston bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7,7 ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...