MXX feyk teatri eng ko‘p tomoshabin to‘pladi
Avvaliga ijtimoiy tarmoqda feyk akkauntlar orqali tarqalgan, Gulnora Karimovaning o‘lgani yoki tirikligiga oid xabarlar tezgina o‘zini jiddiy deya sanagan caytlar va shaxslar diqqat markaziga ko‘chdi.
«O‘ldi-o‘lmadi» qabilidagi ayni bahslar, Karimov o‘limi atrofida ham shiddatli kechgan. O‘shanda ham feyk akkauntlar orqali tarqatilgan yolg‘on yashiq gaplar ayrim nufuzli saytlarning insayderlariga aylangan edi.
Gulnoraning zaharlanib o‘lgani haqidagi xabardan keyin ko‘p o‘tmay bugun, 23 noyabr kuni Bi bi si o‘zbek xizmatiga intervyu bergan Gulnoraning o‘g‘li Islom onasi tirik ekanini bildirdi.
Axborot olish tobora qiyinlashayotgan O‘zbekistonda hatto odamlar o‘limi va hayotiga oid gaplarning ham maxfiy xizmat o‘yini tarzida tarqalishi odatiy tus olmoqda.
Rassom Tuz
Eltuz.com