«Baxtli bolalik uchun» Shavkat akadan minnatdor bo‘lish kerakmi?
Jahon hamjamiyati, o‘zbek fuqarolik jamiyati faollari va YeHHT kuzatuvchilari saylovlarning bu safar ham eskicha o‘tganini e'tirof qildi, garchi o‘zbek rasmiy matbuoti va hukumati buning aksini isbotlashga urinmoqda.
Shu ma'noda «Baxtli bolalik uchun…» degan shior, bolalar bu yil paxta dalalarida majburiy mehnatga jalb qilinmasa kerak degan yana bir zaif umid uyg‘otadi.
Lekin bu «yutuq» ham karimov davriga oid. To‘g‘rirog‘i, xalqaro hamjamiyat sa'y harakatlari bilan 2012 yili bolalarni paxta terimiga jalb qilmaslik haqida siyosiy qarorga kelingandi.
Biroq, aynan bu yil – allaqachon muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev davrida paxta dalalarida tag‘in bolalar mehnatidan foydalanish holatlari qayd etildi. Aynan u ishlab chiqqan «Oybolta» dasturi asosida kattalar majburiy mehnati kuchaytirildi.
Kelgusi terimga yana bir qovun pishig‘i bor, lekin muammolar haqida ota-onalar bugun o‘ylashlari lozim, aksincha bu haqdagi barcha shiorlar jamiyatning achchiq zaharxandasini uyg‘otadi xolos.
Rassom Adolat
Eltuz.com