Catira
15 dekabr 2016

Bosh korruptsioner hukumat tepasiga keldi

G‘arb davlatlari boshlagan 850 million dollar korruptsiya ishining asosiy figurantlaridan biri sanalgan Abdulla Oripov 14 dekabr kuni Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.

Abdulla Nig‘matovich Oripov nomzodini shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zi tavsiya etdi.

Bu yuzadan o‘zining feysbuk sahifasida izoh qoldirgan siyosiy tahlilchi Alisher Ilhomov vaziyatni «do‘kon mudiri kelib ombor eshigini (o‘zi foyda ko‘rmasada) o‘g‘rilarga ochib berishi» bilan qiyosladi:

«Natijada uni jazolashmaydi, balki o‘sha do‘konga boshliq qilib tayinlashadi», deya yozadi u.

«- yangi prezidentni endi islohotchi deya hisoblash mumkinmi?
– Agar u maqsadi korruptsiyaga qarshi kurash ekanini aytsa, endi unga ishonish mumkinmi?
– «Koruptsiyaga qarshi» qabul qilingan qonun, karimov davrida biz ko‘p ko‘rgan oddiy qog‘oz, xo‘jako‘rsinga qilingan navbatdagi chora bo‘lib qolmadimi?

So‘nggi savol: prezident qaysi joyi bilan o‘ylayapti?» degan savollarni ko‘ndalang qo‘yadi siyosiy tahlilchi Alisher Ilhomov, yangi hukumat raxbarining tayinlashini haqida.

Xalqaro tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Jahonning yetakchi uch mobil shirkati Gulnora Karimovaga pora bergan, so‘ng shu pulga ochilgan shirkat aktsiyalarini o‘zlari harid qilishgan…

G‘arb davlatlari boshlagan tergov Gulnora Karimov dohil 850 million dollarni muzlatdi. Biroq, O‘zbekistonda ayni ish bo‘yicha biror mulozim jazolangani yo‘q.

Muzlatilgan pullar yuzasidan Xalqaro jamg‘arma tashkil qilish taklifi bilan chiqqan o‘zbek faollari, pullarni xalqqa qaytarilishi uchun hukumat inson huquqlarini kafolatlashi, qatag‘onlarni bekor qilishi va jamg‘armani nazorat qilmasligi shartligini bildirmoqda.

Sharoit yetilgunga qadar pullar g‘arb mamlakatlari yetakchiligidagi jamg‘arma boshqaruvi nazoratida muzlatilgan tarzda qolishi lozim.

Petitsiyaga bu yerda imzo chekish mumkin.

Rassom Azizbek
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2021
O‘zbekistonda internetdagi bir qancha tarmoqlarning bloklab qo‘yilishi ko‘plab foydalanuvchilarning keskin noroziligini keltirib chiqarishi ortidan bu ishga aloqador ko‘ringan ayrim ...
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi davlat san'at muzeyida bo‘ladi. ...
6 noyabr 2024
Calom qadrli eltuz kanali kuzatuvchilari. Bugun sizga yetkazmoqchi bo‘lgan murojaatlarimiz: mikroqarz uchun hokim yordamchisidan tafsiya ololmayotgan, itboqar qo‘shni ayol dastidan, ...
6 avgust 2018
«Men Odilovga: – Ahmadjon aka, pulingizni oling, menga dietik ovqat shart emas. Zonaning oshxonasiga faqat nonimni olib kelish uchun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...