Catira
21 fevral 2017

Bank odamlarga chopar, odamlar bankdan qochar

Bugun O‘zbekistonda barcha banklar «xalq manfaati»ni o‘ylab qolgan. Ularning vakillari uyma-uy yurib, odamlarga kredit tarqatish bilan ovora.

Yangi prezidentning ur to‘qmog‘i zarbiga uchrashdan qo‘rqib qolgan banklar odamlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ma'lumotlarni kerak bo‘lsa reklamanusxa qilib, u gazet qolib bunisiga, bunisi qolib unisiga chop ettirib yotibdi.

«Mohiyat» gazetasi (16.02) ham «Mikrokreditbank»ning «har bir oilani tadbirkor qilish»ga qaratilgan faoliyati xususida maqola e'lon qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish» dasturi doirasida mazkur bankka 428 ta aholi punktida 700 mingdan ortiq xonadon egalarini tadbirkorlikka tortish majburiyati yuklangan.

«Bugungi kunga qadar bank xodimlari 305 mingta xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazdi. Ularning 39,5 mingtasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirdi», deyiladi maqolada.

Lekin «kurk tovuq go‘ng sochadi, o‘z ketini o‘zi ochadi» deganlaridek, bu borada qilgan ishlarini maqtash barobarida ular aslida odamlar kredit olishga shoshilmayotganini ko‘rsatib qo‘ymoqda. Zero, tadbirkorlikni istash boshqa, ish boshlash boshqa.

Gazetada yozilishicha, kredit taklif etilgan yuz minglab odamdan bor-yo‘g‘i 5876 tasi imtiyozli kredit olibdi. Ularga 43,4 milliard so‘m ajratilibdi.

Aslida moliya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan davlatda bankka odamlarning o‘zi kredit so‘rab keladi. Buning uchun uyma-uy yurib, ularga kredit taklif etish shart emas.

Odamlar tadbirkorlik qilishi uchun, avvalo, sharoit yaratilishi kerak. Ularni nohaq ayblashga, amaldorlarning ularning noniga sherik bo‘lishiga chek qo‘yish, ishiga aralashmaslik, erkin faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yib berish lozim.

Bugungi harakatlar esa odamlarni tadbirkor bo‘lishga majburlashga o‘xshab ketadi. Bunday majburiylik esa kutilgan natijani bermasligi boshdanoq aniq!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2017
Qoidalar Rossiya prezidentining «2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari» haqidagi 202-son farmoni bilan bog‘liq. Havfsizlik choralariga ...
15 oktyabr 2024
…Yaqinda odamning jigar, buyrak ilik kabi tana a'zolarini sotaman degan student Toshkentda qamaldi. Toshkentni o‘pkasidan judo qilgan Bosh vazir ...
30 yanvar 2020
Qozog‘iston Xitoyga va Xitoydan yӯlovchilar transporti qatnovini to‘xtatish bilan birga Xitoy vatandoshlariga viza berishni ham cheklamoqda.  Bu haqda mamlakat ...
9 aprel 2020
Joriy yilning 6 aprelidan koronavirus tarqalishiga qarshi karantin tadbiri doirasida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida velosipedda harakatlanish ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...