Kimning do‘sti bo‘lasan?
Rossiya millionlab o‘zbek muhojirlarining ikkinchi uyiga aylandi.
Ular yillar davomida shu mamlakatda ishlashmoqda va yashashmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi bahslarga ko‘z yugurtirarkan, rossiya propagandasi allaqachon o‘z qora ishini qilganiga amin bo‘lish mumkin.
Yurtdoshlarimiz, muhojirlikda ko‘proq o‘zlari ksenofobiya qurbonlari bo‘lishlariga qaramay, rossiya sharhlovchilarining aksilmigrant shiorlarini takrorlashadi.
G‘arb mamlakatlariga safar qilish va ularning turmush tarzini taqqoslash imkoniyatlariga ega bo‘lmay turib, ular Rossiya mediasi yaratgan buzuq taassurotga ko‘nikishgan.
Ular, «Yevropani geylar va muhojirlar», Ukrainani esa – fashistlar egallaganiga ishonishadi.
Ular Merkelni so‘kish, Putinni esa maqtashdan nariga o‘tishmaydi. Ularning o‘z mamlakatlari matbuoti esa bundan ham yolg‘onchiroq va muqobil ahamiyat kasb etolmaydi.
Rassom Tuz rus propagandasi ta'siriga tushgan o‘zbek muhojiri qiyofasini chizadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com