Catira
5 aprel 2017

O‘z hamkasbini himoya qilgan o‘qituvchi mahkamaga tortildi

O‘quvchilarning jinsiy tegajog‘ligidan hamkasbini himoya qilgan Toshkent shahar Olmazor tuman 315-umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinova va uning jiyani 27 yashar Dildora Azimova mayda bezorilikda ayblanib mahkamaga berildi.

Olmazor tuman IIB 315 maktab o‘quvchisi Abdurahmon Mahmudovning ota onasi bergan shikoyat arizasini ko‘rib chiqib voqeani O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi bilan malakalab ishni sudga oshirgan.

Jinsiy tegajog‘likka chek qo‘ymoqchi edi

15 mart kuni Toshkentdagi 315-o‘rta maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Sevara Chinalieva katta tanaffus paytida 9-sinf o‘quvchisi tarafidan jinsiy tegajoqlikka uchragan.

Sevara zinadan pastga tushib kelayotgan paytda maktabining 9-sinf o‘quvchilari Abdurahmon Mahmudov va Ilhomxo‘ja Abrorovlar uni o‘rab olib sonini silashgan.

Abduraxmon Mahmudov qo‘l telefonidagi porno suratni o‘qituvchiga ko‘rsatib tirjaygan.

O‘spirinlardan biri muallimaning qo‘lini qayirib, badanini g‘ijimlagan.

Chinalieva esa yig‘lab, o‘z hamkasbi tajribali o‘qituvchi Gulbo‘ston Nizomiddinovani yordamga chaqirgan.

Nizomitdinova kanadek yopishgan bolalarni ajratib olgan.

Zo‘ravon o‘quvchilardan biri Gulbo‘ston Nizomiddinovani qo‘liga shikast yetkazgan.

Ana shundan keyin Nizomiddinova o‘z singlisi 54 yashar Gulbahor Azimovani yordamga chaqirgan.

Voqea ustiga Gulbahor Azimovaning qizi Dildora Azimova yetib kelgan va jaxli chiqib o‘z xolasi va onasini bezorilardan himoya qilgan. Bolalarni quvib solgan.

Voqeaning ayni shu joyi videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa qo‘yildi.

Tegajoq bola militsiya ro‘yxatida turgan

Eltuz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, o‘z o‘qituvchisini sudga bergan 9 sinf o‘quvchisi Abdurahmon Mahmudov Olmazor tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘liminning tarbiyasi og‘ir bolalar ro‘yxatida turgan.

Mahmudov o‘z otasi badavlat ekanini ro‘kach qilib maktabda “o‘zi xon ko‘lankasi maydon” bo‘lib “nom chiqargan”

Abduraxmon Mahmudov Xitoy Xalq respublikasida tug‘ilgan ingliz tili bo‘yicha 60 yashar muallima Gulbo‘ston Nizomiddinovani va boshqa viloyatdan kelgan o‘qituvchilarni “kelgindi” ma'nosini beradigan so‘zlar bilan haqoratlab kelgan.

Voqea ertasiga Mahmudovning onasi kelib “Ingliz tili o‘qituvchisini bo‘shattirmasang erimni SNBdagi tanishlarini ishga solib hammangizni yo‘q qilaman” deb talab qo‘ygan.

Shundan keyin Nizomiddinova maktab ma'muriyati talabi bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi.

Ta'lim boshqarmasidan Eltuzga ma'lum qilishlaricha, 1 apreldan e'tiboran Gulbo‘ston Nizomiddinova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Tajribali o‘qituvchi Nizomiddinova va yosh o‘qituvchi Chinalievani himoya qilgan maktab direktori direktori Barno Shoqurbonova Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmasi mulozimlari tarafidan tazyiqqa olinib tushuntirish hati yozdirilgan.

O‘qituvchiga jinsiy tegajog‘lik qilgan 9 sinf o‘quvchilari Abdurahmon Mahmudov va Ilhomxo‘ja Abrorovlar “Ingliz tili o‘qituvchisini o‘zi zinadan tushayotib¸ bizga urilib ketdi” deya ko‘rsatma berishgan.

Eltuz muxbiriga yana ma'lum bo‘lishicha, Abdurahmon Mahmudov Olmazor tuman IIB siga guvoh sifatida chaqirilgan o‘quvchilarga “taraf olish uchun” 5 ming so‘mdan pul tarqatgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
27 may 2016
«Adolat ko‘zgusi» gazetasi bugungi o‘zbek maktablaridagi achinarli holatlardan biri, ya'ni ta'lim muassasalarida soxta diplom bilan dars berayotgan o‘qituvchilar borligiga ...
28 dekabr 2020
2020 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Prezident Shavkat Mirziyoev ...
21 iyun 2024
22 iyun kuni soat 16 da Toshkentda taniqli rassom Vyacheslav Oxunovga Chexiya respublikasi instituti «san'at doktori»faxriy unvoni berilishi bilan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...