Catira
27 aprel 2017

Sevgi haqida 18 yoshdan keyin o‘qiymizmi?

Hukumat «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Bu qonun kuchga kirsa, hukumat ekspertlari bolalar o‘qiydigan nashrlarni yoshiga qarab yomon-yaxshiga ajratishi kerak.

Masalan, Qodiriyning «O‘tgan kunlar» yoki Mopassanning «Azizim» romanini o‘qish 18 yoshgacha ruhsat etilmasligi mumkin.

Chunki u yerda katta yoshdagi qahramonlarning sevgi mojarolari tasvirlangan.

Bu tushunarli, ammo loyihada tilga olingan «oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan» toifaga qaysi asarlarni kiritamiz?

«Ota-onalar va oilaning boshqa a'zolariga nisbatan hurmatsiz munosabat» aks etgan toifagachi?

Hullas, 29 aprelgacha muhokama qilinib Senatga taqdim etiladigan bu mantiqsiz qonun loyihasi atrofida javoblardan ko‘ra, savollar ko‘p.

Masalan, bolalarni «noma'qul» asarlardan himoya qilish tizimini yaratish haqida aytiladi. Lekin, uning qanday amalga oshirilishini tasavvur qilish qiyin.

Kitob do‘koni yo kutubxona oldida pasport nazorati o‘rnatiladimi? Uydachi?

Kitobdan ko‘ra, planshet, smartfon o‘qish afzalligi e'tiborga olinsa, ko‘zlangan nazorat tizimi qanday ishlaydi?

Rassom Elsevar bolani «noma'qul internet nashri»idan to‘smoqchi bo‘layotgan o‘zbek mirshabini hajv qiladi.

Qonun kuchga kirarkan, «Bolalarimizning ko‘zlarini to‘sayotgan kim?» degan savolni hali ko‘pchiligimiz takrorlasak kerak?

Rassom Elsevar

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 mart 2023
Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida 2014 yilning 18 martida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. ...
5 avgust 2019
Haydovchilarni qayta tayyorlash va bu haqda sertifikat berish tizimini to‘laligicha monopoliya qilib olgan “Avtotest Report” MChJning kutilmaganda “o‘yindan chiqishi”ni ...
14 yanvar 2019
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ayni savolni tashlagan rassom Tuz 14 yanvarga qadar bir-biriga qarama-qarshi yuzdan ziyod javob oldi. Ayrim umumiy ...
2 aprel 2021
Nodonlar to‘rga chiqdi, Zamonaga hayronman. Oqilni go‘rga tiqdi, Mashrabdayin giryonman. Itbaliq dengizdadir, Mudom ishin beshlaydi. Kit hovuzga tashlangan, Kit ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...