Catira
29 aprel 2017

Jabborov Karimovni yasaydigan bo‘ldi

Islom Karimovga yodgorlik tanlovida o‘zbekistonlik haykaltarosh Ilhom Jaborov g‘olib chiqdi.

Tanlovda turli mamlakatlardan jami 58 haykaltarosh qatnashib, 68 yodgorlik loyihasini taqdim etilgan bo‘lsa ham, Eltuz gaplashgan toshkentlik munaqqidga ko‘ra, konkursdan ancha oldin o‘tgan yilning oktyabr oyidayoq Karimov haykalini Ilhom Jabborov yasashiga kelishilgan.

Munaqqid Akmal Rizaevga aytishicha, konkurs xo‘jako‘rsinga bo‘lgan va ataylab zaif haykaltaroshlar qatnashtirilgan.

Amir Temur haykalini yasagan taniqli haykaltarosh Karimov bilan haykaltaroshlik borasida bahsga kirishgani uchun diktator g‘azabiga duchor bo‘lgandi.

Uning ustidan jinoiy ish ochilib, mol mulki musodara qilingan, haykaltarosh keyingi 6 yil mobaynida tog‘larga chiqib ketib, bol yetishtirib kun ko‘rib yurgan.

Islom Karimov o‘limidan so‘ng Jabborov yana ijodga qaytdi.

U bilan oldindan tanish bo‘lgan yangi prezident Mirziyoevning siyloviga noyil bo‘ldi.

Davr aylanib, Jabborov Karimovning O‘zbekistonda o‘rnatiladigan 3 ta haykali va Moskvadagi byustini yasaydigan bo‘ldi.

Bir vaqtlar haykaltaroshni xonavayron qilgan prezident diktatorni u qay alfozda yasamoqchi?

Jabborov yaratgan eskizda shalviragan kostyum shim kiyib lapanglab yurgan cho‘tir yuzli kallasi katta pakana odam tasvirlangan.

Shoir va rassom o‘z asarlarida shaxsiy hissiyotini aks ettirishiga ishongan Rassom Tuz hajviyasi ajoyib haykaltarosh oqmo‘ylov Jabborovga bag‘ishlanadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 fevral 2018
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning 23 fevral kuni hibs etilishi ortidan yana bir qancha mulozimlarning qo‘lga olingani «Eltuz»ga ma'lum ...
18 oktyabr 2019
Jamoatchilik fikri. Nima u? Katta xolangning yelim kavushimi? Tog‘ang devoriga osib qo‘ygan pilta miltiqmi? Nima o‘zi u?Inglizcha qisqagina «Public ...
19 avgust 2024
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
29 iyun 2021
O‘z joniga qasd qilganlikda gumonlanayotgan 26 yoshli Maftuna Azimova 30 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani shifoxonasida vafot etdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...