Tugatilgan «Axborot» raxbari yangi «O‘zbekiston 24» kanaliga boshliq bo‘ldi
Respublikadagi ko‘plab informatsion dasturlarning yopilishi evaziga tashkil qilinayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali 27 iyundan efirga chiqadi.
Bu kanal dasturlari O‘zbekiston telekanalining «Axborot», «Tahlilnoma», Toshkent telekanalining «Poytaxt», «Davr» informatsion dasturlari va «Diyor» telekanalining tugatilishi evaziga tashkil qilinmoqda.
Jumladan, telekanal nomiga uyqash «Uz24» nashri, yangi «O‘zbekistan 24» prezident Mirziyoev qarori bilan ochilganini bildirgan.
Xususan MTRK allaqachon telekanalni ishga tushirish yuzasidan tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan.
Yangi telekanalga raxbar etib, ilgari «Axborot» dasturi bosh muharriri bo‘lgan Ozod Hamidxo‘jaev tayinlangan.
Ayni informatsion dasturni prezident Mirziyoev o‘tgan mart oyi oxirlaridagi yig‘ilishda keskin tanqid qilib:
«Odam ko‘rsatuvlarni sog‘inib kutishi kerak, «Axborot» ko‘rsatuvini o‘zgartirishimiz kerak», degan edi.
«Eski raxbarning yangi telekanalga boshliq bo‘lishi, unga eski kasalni yuqtirmaydimi?» deydi Rassom Tuz.
Rassom Tuz
Eltuz.com