Catira
6 iyun 2017

Rossiyadan alkash o‘g‘ilning qaytishi…

Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ketdi. (maqolada keltirilgan barcha ism familiyalar etika nuqtai nazaridan o‘zgartirilgan. tahr)

Uch to‘rt yil ishlab ancha o‘zini tiklab olgan Bahrom vataniga qaytdi, ammo maxalladoshlarining aytishlaricha, u Rossiyadan g‘irt alkash bo‘lib qaytgan.

«Rossiyaga ishlagani borganlar moliyaviy tomonini o‘nglab oladi, uylar quradi, mashina oladi, o‘g‘il uylab-qiz chiqaradi, ammo muhojirlikning bitta yomon tomoni, ko‘pchiligi ichkilikka berilib ketyapti», – deydi Eltuz muxbiriga MFY xodimi S. Jamoliddinov.

O‘zbekistondan Rossiyaga har yili yuzlab vatandoshlarimiz ish izlab borishadi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning may holatiga ko‘ra, Rossiyada 1,7 million nafar o‘zbekiston fuqarolari yashamoqda.

«Rus arog‘i o‘zbeknikidan yaxshiroq…»

Rossiyadan yaqinda qaytgan Damirning aytishicha, ishlagani borganlarning hammasi ham ichkilikboz emas. Biroq, u Rossiyaga borgan kishi albatta mashhur rus arog‘idan totib ko‘rishni istashini istisno etmadi.

Damirning ta'kidlashicha, mehnat muhojirlarining ichkilikka berilib ketishiga asosiy sabab, birinchisi Rossiyada ish haqiga nisbatan ichkilikning arzonligi bo‘lsa, ikkinchisi, mashaqqatli mehnatdan keyin xordiq chiqarish istagi va nihoyat uchinchisi yurt, yaqinlar sog‘inchini oz bo‘lsada esdan chiqarishdir. Shu baxona ichkilik ichib yurishni odat qilgan gasterbayterlar vataniga qaytgach ham bu odatlarini tashlay olmayaptilar.

«Rossiya arog‘i bilan o‘zimizda ishlab chiqarilganini solishtirib bo‘lmaydi, Rossiyaning alkogoli sifatli, ichganingdan keyin ertasiga bemalol ishingga yarayverasan, boshing og‘rimaydi, bizda esa qo‘lbola alkogol ko‘payib ketgan, tarkibi naq dimedrol. Ichganingdan keyin “o‘chasan”, deydi Damir.

Eltuz muxbirining o‘rganishicha, Rossiyada bir shisha aroq sifatiga qarab 100 rubldan 500 rublgacha. O‘zbekistonda esa 7 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha narxda.

«Mana hozir ro‘za oyi, baribir ishlayapmiz, chunki doimiy mijozlarimiz bor, do‘konni ochmasak, uydan chaqirib chiqib ochdirishadi» deydi andijondagi alkogol sotiladigan do‘kon sotuvchisi.

Ichkilikni tashlash uchun qat'iy iroda kerak

Baliqchi tumanida yashovchi Murodning aytishicha, uning otasi ham Rossiyadan alkash bo‘lib qaytgan. Murod otasini ichkilikdan qaytarish uchun hatto Andijon shahridagi narkologiya dispanseriga majburiy davolanish uchun olib kelgan.

15 kunlik majburiy davolanish ham yordam bermagan erkak yaqinda vafot etgan. Uning jasadini yo‘l yoqasidagi ariq chetidan topishgan. Murodning aytishicha, otasi mast xolatda boshi bilan lotokka yiqilgan bo‘lishi mumkin.

«Agar ichkilikboz insonlar o‘zlari chin dildan ichishni tashlashni xohlashmasa, ularni davolab ijobiy natijaga erishish qiyin», – deydi shifokor Alisher Jalolov.

Uning Eltuz nashriga bildirishicha, agar bemorda iroda va qat'iylik bo‘lgan taqdirdagina 15 kunlik majburiy davolanish natija berishi mumkin.
Ichkilikdan xalos etuvchi g‘uzorlik tabib karomati

“Andijon-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha o‘z mashinasida kirakashlik qiluvchi Karimning aytishicha, keyingi paytlarda ko‘pchilik alkashlar Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi tabibdan shifo topmoqda.

Karimning aytishicha, tabib ichkilikka bog‘lanib qolgan kishilarni Qur'oni karim oyatlari bilan davolaydi.

«Bir marta qishloqdoshlarimdan to‘rttasini obordim. Tabibga borib kelgandan keyin foydasi bilindi. To‘rttalasi ham ichmay qo‘ydi. Shundan beri eshitgan quloq borki, “tabibga oborib keling”, deyapti», deydi Karim.

Andijon tumanida yashovchi Anvar bir-ikki yildan beri “bo‘kib”ichadi. Qo‘shnilari uning janjallaridan bezor bo‘lishgan. Ularning aytishicha, Anvarning Rossiyada ishi yurishmay deport bo‘lib kelgan, shu sabab alamini ichkilikdan olayotgan bo‘lishi mumkin.

Anvarning hamtovoqlari to‘planib, qarshilik tabibnikiga bormoqchi bo‘lishdi va Anvarni ham o‘zlari bilan olib ketishdi.

«Uchchala sherigim tabibning muolajasiga kirishdi, men kirmadim. Men aytdim, Olloh o‘zi qaytarmasa bu yo‘ldan, tabibing nima qiberardi, deb.

Agar men shu yerda va'da berib, ichkilikni tashlayman, desam, so‘zimda turaman, erkak kishining gapi bitta bo‘ladi, dedim. Mana shungayam ikki oy bo‘lyapti, hali og‘zimga bir gramm ichkilik olganim yo‘q. Ichish, chekishni tashlash bir lahzalik, bu – odamning o‘ziga bog‘liq», deydi Anvar.

«O‘zbekistondagi ahvolni ko‘rib, alamdan ichishadi»

Rossiyada ishlab kelganlar u yerdagi shart-sharoit, turmush darajasini O‘zbekistondagi bilan solishtirib bo‘lmasligini aytishadi.

«Bizda hamma narsa mo‘l-ko‘l, biroq pul yo‘q. Rossiyada pul bor, ishchi yo‘q. Farovon yashash uchun Rossiyada ishlab, O‘zbekistonda yashash kerak!» deydi rossiyachilardan yana biri.

Uning fikricha, vatanga qaytgach yana eski hammom, eski tosga duch keladilar, odam ijtimoiy muammolardan charchaydi.

Bunaqa vaziyatda ichkilik ichish esa haqiqiy hayotni ko‘rib kelgan odamlar uchun eng yaxshi chora sifatida qolmoqda.

Shohida Saidova
Andijonlik muallif tahallusi
Rasm muallifi: Elsevar

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 may 2018
Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, jumladan, Germaniya, Osiyoda esa Yaponiya atom elektr stantsiyalari o‘rniga qayta tiklanadigan muqobil energetikaga o‘tish qat'iyatini ...
2 avgust 2019
Bir guruh o‘zbek faollari 25 iyul kuni AQSh, Yevropaning qator mamlakatlari va O‘zbekiston hukumatlaridan Gulnora Karimova va uning noqonuniy ...
20 noyabr 2020
Assalom alaykum, Eltuz! Biz Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan murojaat qilyapmiz. Havo harorati tushishi bilan quvurlardan kelayotgan gaz bosimi keskin pasayib ketdi. ...
5 yanvar 2022
Rassom Tuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...