Asosiy mavzular
20 noyabr 2020

«Eltuz»ga maktub: Bizga gaz va chiroq kerak.

Assalom alaykum, Eltuz!

Biz Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan murojaat qilyapmiz.

Havo harorati tushishi bilan quvurlardan kelayotgan gaz bosimi keskin pasayib ketdi.

Uyda yosh bolam, keksa onam bor. Uy juda sovuq. Pechkaga yoqish uchun o‘tin ham qolmagan. Har yil shu ahvol. “Tumangaz” idorasiga murojaat qilsak, 1-2 kun gaz beradi, keyin yana eski ahvol.

3-sektor rahbari Avaz Elbekov saylovdan keyin izsiz yo‘qoldi, odamlar dardini so‘rab qishlog‘imizga umuman kelmaydi. Tuman kengashidagi deputatimiz kim ekanini ham bilmaymiz. 

«Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» bizga nima kerak?

Bizga hayot uchun qishda zarur bo‘lgan birlamchi ehtiyojlar – gaz, elektr kerak.

Sovuq uyda sham yorug‘ida dars qilayotgan bolalarimiz: “Oyijon, bahorgacha ijaraga uy olib, shaharga ko‘chib ketaylik”, deydi. Afsuski, ish joyim maktabda, uyda mol-hol bor. Qishloqqa ipsiz bog‘langanmiz.

Rivojlangan davlatlarning kosmik kemalari Marsni zabt etayotgan XXI asrda bizda gaz va elektr ta'minoti millionlab o‘zbekning muammosi bo‘lib qolmoqda. Mana, Shavkat Mirziyoevning prezident bo‘lganiga 4 yil bo‘ldi, ammo haligacha aholini oddiygina gaz va elektr bilan ta'minlash xurjun bo‘lib qolmoqda.

Xalqni o‘ylaydigan mard rahbarlar «Qizil kitob»ga kirib ketmoqda.

Tag‘in o‘qing
20 noyabr 2017
18 noyabr kuni Chechenistonning kremlparast rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning kuyovi Oybek Tursunov bilan ...
3 may 2016
Aprel oyida ham O‘zbekiston telekanallari «oqil va dono yurtboshi rahnamoligida farovon va baxtli hayot kechirayotgan, mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritgan ...
29 aprel 2016
O‘zbek matbuotining bu jazavasiga 12 aprel kuni, “Toshkent” telekanalida START berildi. O‘sha kuni bu telekanal, kechki praym taym vaqtida, ...
29 iyun 2017
28 iyun kuni Bryusseldagi yig‘ilishda Markazi Berlinda joylashgan «O‘zbekiston Germaniya forumi» va Xalqaro Human Rights Watch tashkiloti paxta sohasidagi ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...