Qo‘l-oyog‘i bog‘liq sudyadan nimani kutish mumkin?
Prezident Mirziyoev 2017 yilning 13 iyunidagi chiqishida o‘zbek sudyalarini odamlarni himoya qilmaslikda, poraxo‘rlikda, nohaq qarorlar chiqarishda ayblagan edi.
Karimov boshqargan ikki o‘n yillik davr ichida O‘zbekistondagi sud tizimi mutlaqo kuchishlatar tizimlarga tobe bo‘lgan idora darajasiga keltirildi.
Sudyalar mamlakat rahbariyatiga quloq solmaganlarni ishdan haydab jazolaydigan oddiy mansabdorlardan hecham farq qilishmaydi.
Bugun biz prezident Karimov, shuningdek, Mirziyoev va mamlakatni shu davrgacha boshqarib kelgan amaldorlar ko‘rishni istagan, hokimiyat rahbariga tobe, korruptsiyaga botgan va qonun hamda huquqlarga loqayd sud tizimiga egamiz.
Sudyalarni so‘kish qo‘l oyog‘i bog‘langan, og‘ziga latta tiqilgan odam ustidan kulishning ayni o‘zidir.
Rassom Tuz
Eltuz.com