Narxlar oshdi, oylik oshmadi
15 iyuldan tabiiy gaz, issiqlik va elektr narxlari qimmatlaydi. 21 iyuldan esa suv narxlari ko‘tariladi.
O‘zbekiston moliya vazirligi reestriga ko‘ra, narxlar yetti foizga oshirildi.
Reestrga ko‘ra, mijozlarning ikki yoki undan ortiq gaz o‘chog‘i va suv isitish uskunalari uchun harajat normasi muqobil tarzda ikki yoki bir necha barobar narxda belgilanadi.
Lekin oylik maoshlar darajasi oshgani yo‘q.
Eng kam oylik darajasi marxum prezident Karimovning 2016 yil avgustda belgilagan 149 775 so‘m holida qolarkan, kommunal energiya narxlari uchinchi bor oshmoqda.
Tabiiy gaz o‘tgan 2016 yili ikki marta – aprel va oktyabr oylarida oshgan edi.
Vaziyat qarzlarni undirish bo‘yicha Majburiy ijro byurosi (MIB) shug‘ullana boshlagani fonida ancha dramatik tus olgan.
Dubinkalar bilan qurollangan MIB xodimlari qarshisida, kambag‘al fuqarolar energiya haqini to‘lash uchun qarz so‘rashga, mol mulklarini garovga qo‘yishga majbur bo‘lishmoqda.
Rassom Tuz
Eltuz.com