chorshanba,
18 dekabr 2024
24 iyul 2017
Konservatoriyada g‘avg‘o ko‘targan «dizayner aktrisa» izza qilindi
Shou-Biznesda chiqargan nomini pesh qilib O‘zbekiston Davlat Konsertvatoriyasiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lib ayni dargoh professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva oldiga kirgan va ishi bitmagach, uni haqorat qilgan “aktrisa” Shahzoda Muhammedova mojarosi ikki hafta davomida dolzarb bo‘ldi.
Bu mojaro asnosida “Oldin shou-biznesda nom chiqarib, unvon sotib olib keyin shu unvonni tank qilib oliygohga kirish” praktikasi yuzaga chiqdi. Ma'lum bo‘lishicha, shu yo‘l bilan kamida ikki “yulduz”, maxsus bilimga ega bo‘lmasdan konservatoriyaga imtixonsiz kirgan.
«O‘zbekkontsert» tashkilotidagilarning gaplariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan 3 ming nafardan ortiq qo‘shiqchi bor.
“Darahtni tepsang, qo‘shiqchi yog‘iladi” degan gap urf bo‘lganiyam rost. Qo‘shiqchilar armiyasi safiga qo‘shilishni istaganlarning son sanog‘i yo‘q. Ular sahnaga chiqish uchun har qanday ishga xozirlar.
“Iste'dod pulga sotilmaydi, to‘g‘ri. Lekin, “okaxonlarim” bor ekan, men albatta xalq artisti bo‘laman!” deydi ularning aksariyati.
Rassom Elsevar chizgan rasmni ko‘rib, «Mahallada duv-duv gap» filmidagi Oyposhsha xolaning bitta zo‘r gapi hayolimdan o‘tdi. «Agar konservatoriyada konserva qilinadigan bo‘lsa, qizingiz Sayyoraxon konservatoriyaga kirish uchun konserva zavodida tayyorgarlik ko‘rayapti!» deydi u.
Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com