Catira
11 sentyabr 2017

“Stiven Sigal Toshkentdagi turnirda gonorar berilmagani uchun qatnashmadi»

Hollivudning mashhur kinoakteri Stiven Sigal 9 sentyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asian Fight 2017 Xalqaro jang turnirida qatnashmadi. Shu kuni uning master klass berishi ham kutilgan edi.

«Eltuz» turnir tashkilotchilaridan biri bilan gaplashib, uning qatnashmagani sababiga oydinlik kiritdi.

Ismi aytilmasligini istagan tashkilotchiga ko‘ra, Tashkentga 8 sentyabrda kelgan 65 yashar Stiven Sigal, tashkilotchilar unga tegishli bo‘lgan 100 ming dollar gonororni to‘lamagani uchun 9 sentyabr kungi turnirda ctadionga chiqishdan voz kechgan.

Turnirda qatnashmagan Sigal Toshkent markazida pishirilib Ginnes rekord kitobiga kirgan palov tantalarida ko‘rinish bergan.

Ayni tadbirda uning Mirziyoev rafiqasi bilan “protokolga zid kelgani bois uchrashtirilmagani” Sigal dilini g‘ash qilgan.

Ginnes palovi rejasiga ko‘ra, u Mirziyoevning rafiqasi bilan bir stolda o‘tirishi kerak edi, ammo unga ruhsat qilishmagan va protokolga to‘g‘ri kelmaydi deb aytishgan.

Shuningdek, Sigalni Toshkentga olib kelgan shaxsning bildirishicha, akter shaxsiga qattiq tekkan boshqa nojoizliklar ham bo‘lgan.

Jumladan, akterning Mirziyoev bilan bilan belgilangan uchrashuv rejasi bo‘lgan. Mirziyoev esa u bilan uchrashmagan.

Turnir doirasida Stiven Sigal maydonda master-klass ko‘rsatishi kerak bo‘lgan, biroq aktyor o‘zbekistonlik va horijiy sportchilar yig‘ilgan «Bunyodkor» stadionida ko‘rinmagan ham.

«Eltuz» suhbatdoshi iddaosiga ko‘ra, “tadbir homiysi «Uzmobayl» Stiven Sigalning ishtiroki uchun pul ajratgan, ammo tashkilotchilar uni o‘marishgan.

«Eltuz» muxbiri «Uzmobayl» shirkatidan bu borada izoh ola olmadi, u bilan norasmiy tarzda gaplashgan tashkilotchilar “hamma muammo to‘lanmagan pul bilan bog‘liqligiga” ishora qilishgan.

Avvaliga sport turniri tashkilotchilari boshqa bir jangari yulduz – Jan Klod Van Dammning tashrifini anons qilishgan, biroq turnirga bir necha kun qolganida uning «qattiq kasalligi» tufayli kela olmasligini e'lon qilishgan.

«Eltuz» manbasining so‘zlariga ko‘ra, Van Damm Toshkentga kasalligi uchun emas, balki qatnashish gonororining summasi shartlariga kelishish mumkin bo‘lmaganidan kelmagan.

“Sigal Mongoliyaga ketdi, u juda ham norozi…”, dedi «Eltuz» suhbatdoshi yakshanba, 10 sentyabr kuni.

Jangovor san'at ustasi o‘z gonororini olmagani «Eltuz»ga ma'lum. Ammo “Uzmobayl” ajratgan pul qaysi tashkilotchinig cho‘ntagiga tushdi degan savol javobsiz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 noyabr 2019
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibiga kirish borasidagi pozitsiyasi qat'iy emasligini bildirib ...
28 avgust 2016
28 avgust kuni, O‘zbekiston tarixida ilk bor, Vazirlar Mahkamasi prezident Karimov sog‘lig‘i haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi ...
24 mart 2021
I – bu ikkiyuzlamachilik. X – bu Xorazm. MM – bu mansabdorlar/mentlar. P – bu pedofiliya. UR – Uchinchi ...
9 yanvar 2017
“Farg‘ona haqiqati” bosh muharriri Nabijon Sobirovning ishdan olinishiga sabab, Eltuz manbasiga ko‘ra, horijiy internet nashrlarida Farg‘ona viloyati sha'niga aytilayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...