O‘zbekistonda «Bog‘cha vazirligi» tuzildi
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi.
Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ta'lim soxasida davlat va nodavlat muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini yaratish, bolalarni bog‘chadan maktabga tayyor holda chiqishlarini ta'minlash ko‘zlangan.
Biz dunyoning boshqa davlatlarida bolalar bog‘chalari bilan shug‘ullanadigan alohida vazirlik bor-yo‘qligi bilan qiziqib ko‘rdik.
Masalan, Shvetsiya va dunyoning aksariyat g‘arb davlatlarida bolalarni 3 yoshdan boshlab boqish, o‘qitish, balog‘otga yetganidan keyin esa oliy o‘quv yurtlarida o‘qishini ta'minlash bilan ta'lim vazirligi shug‘ullanadi.
Ayni ta'lim sohasi Qozog‘iston va Rossiyada Fan va ta'lim vazirligi, Qirg‘izistonda Bilim berish vazirligi, Tojikistonda Maorif vazirligi, Turkmanistonda Bilim vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com