Catira
1 noyabr 2017

Ijtimoiy tarmoqlar Nyu Yorkda Xelouin kuni o‘zbekistonlik codir etgan terakt haqida

31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi yaralandi. Avtomobilini Quyi Manxettendagi, Jahon savdo markazi yaqinida velosiped yo‘lakchasi bo‘ylab haydab bolalar avtobusiga urgan hujumchi qornidan yaralangan. Biroq Amerika matbuoti uning tirik qolishini bildirmoqda.

Terakt haqida deyarli barcha yirik o‘zbek nashrlari yozdi. Prezident Mirziyoev Amerika prezidentiga xat yo‘lladi. Bunda terakt surishtiruviga barcha kuch va vositalar bilan ko‘mak berish taklifini bildirdi.

O‘zbeklar uyushtirgan teraktlarni surishtirishda O‘zbekiston raxbarining ko‘mak berish istagi ilk bor kuzatilmokda. «Tariximizda ilk bor davlatimiz raxbari bunday dahshatli jinoyatni surishtirishga yordam taklif qildi» deb yozdi rus tilida chiqadigan «Nezavisimaya gazeta» internet nashri jurnalisti Viktor Mixaylov.

«Bu so‘nggi yil ichida Markaziy Osiyodan chiqqanlar amalga oshirgan to‘rtinchi terakt. Oldin Turkiyada, Shvetsiya va Rossiyada, endi esa AQShda. Qisqa vaqt ichida butun dunyo bo‘ylab bunday turkum, albatta aniq tendentsiyadan dalolat beradi.

Aftidan, Markaziy Osiyo hukumatlari barcha o‘zgacha fikrlovchilarni haddan ortiq ta'qib qiladi, muammosi bor yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish o‘rniga, mintaqa tashqarisiga siqib chiqarishadi. Bu mamlakatlarga kelgach ham, ularni quchoq ochib kutib olishmaydi, o‘z qiyinchiliklari bilan yakka qoldirishadi va ekstremistik tarmoqlarga qo‘shilishiga yo‘l berishadi» deya fikr bildirdi rossiyalik olim Sergey Abashin.

Unga javoban 2005 yilgacha Toshkentda yashagan jurnalist Igor Rotar quyidagi izoxni yo‘lladi.

«Birinchidan, AQSh (va Yevropada ham) O‘rta Osiyodan kelgan qochqinlarga to‘la yetarli nafaqa puli berishadi. Har bir legal migrant ularga bir necha o‘n ming dollarga tushadi, javobi esa bunday «minnatdorlik»… Albatta chiroyli va naiv so‘zlarni mantra kabi takrorlash mumkin, repressiyalar ekstremizmni qo‘zg‘otmoqda deya. Biroq real hayotga buning dahli yo‘q.

Bunday nodonlik olimga emas, huquq himoyachisiga hos. Darvoqe, men O‘rta Osiyo bo‘yicha huquq himoyachisi bo‘lib ishlaganman va mahalliy dissidentlarni himoya qilgan g‘arb diplomatlari bilan ko‘p gaplashganman, ular amalda diniy erkinliklar mutlaqo barqarorlikni ta'minlamasligini anglab yetishgan».

AQShda sodir qilingan navbatdagi terakt horijiy mamlakatlarda yashayotgan ko‘plab o‘zbeklarni g‘azabga keltirdi.

«Soqolini beliga tushirib, “ahli sunnatman”, deb aljiraydigan, begunoh insonlarni o‘ldirib, “Alloh yo‘lida jihod qildim”, deya jar soladigan bu manqurtlar birinchi navbatda Allohning diniga xiyonat qilgan pastkashlardir!», deya bayonot berdi «Erk» partiyasi lideri Muhammad Solih.

«Yana bir mol odamlarni o‘ldirdi. Va tag‘in O‘zbekistondan», deb yozdi Farg‘ona agentligi bosh muharriri Daniil Kislov

Nyu Yorkda Xellouin kuni yuz bergan xodisa bu yil o‘zbeklar tomonidan qilingan to‘rtinchi teraktdir. 2017 yil yanvarga o‘tar kechasi Turkiyada, 3 aprel kuni Rossiyada va 7 aprel kuni Shvetsiyada va ayni tarzdagi teraktlar sodir qilishgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 mart 2021
Rassom Elsevar
10 may 2018
Bu yilgi 9 may O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon sobiq sho‘rolar ramzlariga, bugungi Rossiyada urfga kirgan timsollarga eng boy tarzda ...
18 avgust 2020
«Men barmoqlarim ko‘karguniga qadar hokimiyatga osilib o‘tirmayman» degan edi jurnalistlarga Belarus prezidenti 2019 yilning noyabrida. Biroq bugun butun mamlakat bo‘ylab Lukashenko ...
28 dekabr 2018
Yangi yil arafasi uyma-uy yurib rizqini terayotgan Qorbobolar shu kunlarda boy xonadonlarni ilinj bilan izlashadi. Biroq erka bolakaylarning boy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...