Catira
14 noyabr 2017

Toshkentlik hisobchi Soipov qanday qilib amerikalik terrorchiga aylandi?

2017 yilda G‘arb davlatlarida o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etilgan turkum teraktlar o‘zbeklarning radikallashuvi muammosiga e'tibor qaratdi.

«31 oktyabrda Nyu-Yorkda piyodalarni mashinada bostirgan 29 yoshli Sayfullo Soipov AQShga kelguniga qadar hech qachon jinoiy javobgarlikka tortilmagan, u radikal guruhlar ta'siriga AQShga kelganidan keyin tushgan», deya bildirdi teraktdan so‘ng hukumatning «Jahon» axborot agentligi.

Soipov 2010 yili grin-kard lotereyasida yutib AQShga keldi. Kelguniga qadar Toshkentda mutlaqo omadli hayot kechirdi, nufuzli Moliya institutini tamomladi va uning qaysidir ekstremistik oqimlarga moyilligi hech qachon sezilmadi.

Ayrim tahlilchilar radikallashuv sababini terrorchi guruhlarning internetda kuchaygan tashviqotiga yo‘yishadi. Aftidan, O‘rta Osiyo diasporalari, ko‘pchiligi bo‘lmasa ham, ID (Islomiy davlat) tashviqotiga ayniqsa ta'sirchandir, deya vashingtonlik tahlilchi Xolid Majidyordan iqtibos keltiradi «Amerika ovozi».

Agar bu iddaoga ishonsak, u holda ayrim o‘zbeklar tsenzura bo‘lmagan, terrorchilarning tashviqot roliklarini internetdan bemalol ko‘chirib olish mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashashga tayyor emas, degan hulosa kelib chiqadi. Axir O‘zbekistonda diniy-ekstremistik dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlarda buni tarqatish imkoni yo‘q, bundaylar bilan shu zahoti mahalla qo‘mitalari va maxsus xizmatlar shug‘ullana boshlaydi.

Biroq xorijga chiqqan o‘zbeklarning tezgina terror tashkilotlariga qo‘shilib ketishi tsenzura va ta'qiblar ekstremizmga qarshi immunitet hosil qilmasligini ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 dekabr 2020
«Eltuz» rassom Elsevardan Yangi yil archasiga bag‘ishlangan navbatdagi suratni taqdim qiladi. Korruptsioner o‘zbek amaldorlari: «Sigir yili kelyapti, xalqni sog‘amiz». ...
26 may 2021
26 may kuni soat 11.00 atrofida 20 chog‘li shallaqi erkak va ayol Toshkentda Jahongir Otajonovning «erkchi»lar uchrashuvi rejalangan xonadoniga ...
2 oktyabr 2018
Taniqli o‘zbek shoirasi 59 yoshli Zulfiya Mo‘minova respublika TVsi orqali o‘qib bergan yangi she'rida bolani «dunyolardan bexabar oq kaptar»ga, ...
24 iyun 2021
Avtobusni traktor shatakka olgan holda ketyapti… Hammani qiziqtirgan tashvishli muammo soqol muammosi bo‘lyapti. “Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...