Catira
21 noyabr 2017

Qrimga qarshi ovoz bergan O‘zbekiston Rossiya quchog‘iga qaytmoqdami?

O‘zbekiston BMTning Qrimga nisbatan Rossiya siyosatini qoralovchi rezolyutsiyasi loyihasiga qarshi ovoz berdi. Ushbu hujjatni 75 davlat qo‘llab-quvvatladi, 25 davlat unga qarshi chiqdi, 70 davlat betaraf qoldi.

«Ukraina va Qrim tatarlaridan shu qilmishimiz uchun uzr so‘rayman. Boshqa 70 davlat kabi betaraf qolsak bo‘lar edi, lekin…», dedi bu yuzadan fikrini bildirgan o‘zbekistonlik faol Sardor Salim.

«Qrim tatarlaridan uyatdaman. Muhtaram qrimli turkiylar, o‘zbek xalqi siz bilan birga!» deya yozdi feysbukda Mexmet Tog’ay Chelebey nikli yana bir yuzer.

Boshqa bir faol Dilobar Erkinzodaning bu yuzadan fikri ancha keskin.

«So‘zsiz Qrim – bu Ukrainadir!!! Rossiya esa bosqinchi!!! O‘zbekiston hukumati esa munofiqdir!!!» deya yozdi u BMT rezolyutsiyasi loyihasi yuzasidan.

«Bir qadam oldinga, besh qadam orqaga!» deya baholadi O‘zbekiston siyosatini Erkinzoda.

BMTning Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi bilan bog‘liq rezolyutsiya loyihasi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

Hujjatda, jumladan, «Qrim-tatar milliy majlisi»ining taqiqlanishi va qrim-tatar tilida ta'lim olinishiga to‘sqinliklar keskin qoralangan.

Rassom Tuz o‘zining yangi asarida O‘zbekistonning tashqi siyosatini orqaga qarab murvati buralgan mashinaga o‘xshatdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2016
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan ...
20 sentyabr 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayyoom. Yuz ...
12 fevral 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
26 iyul 2016
Qamchiq dovonidagi tunnel bahona Oqsaroyga yo‘nalgan paxta oqimi yanada kuchaydi. Butun O‘zbekiston matbuoti bugun shu qurilishni amalga oshirganlarga emas, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...