«Tili boshiga yetgan» tadbirkor oqlandi
5 dekabr kuni 51 yoshli tadbirkor Olim Sulaymonov oqlov hukmi bilan ozod qilindi.
Prezidentga videoshikoyati ortidan 9 oy qamoqda bo‘lgan tadbirkor 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda prezident sha'nini ulug‘lovchi murojaat yozdi.
«Xurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan minnatdorman, umrlari uzoq bo‘lsin, dunyo turguncha tursinlar, eng olijanob, eng dovyurak, o‘z fikriga ega yurtboshimizdan faxrlanaman, yurtim uchun, Uzbekistonim uchun hurmatli yurtboshimiz Shavkat Miromonovich uchun o‘z kuchim, aql-idrokimni aymayman, kerak bo‘lsa o‘z jonimni ham berishga tayyorman», dedi u yangi murojaatida.
Bir guruh amaldorlarning poraxo‘rligi haqidagi videoshikoyatini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan tadbirkor 15 fevral kuni qamoqqa olingandi.
Olmaliq qamoqxonasida jazoni o‘tagan tadbirkor “firibgarlik”, “tuhmat” va “soxta ko‘rsatma berish”da ayblanib, 3 yilu 1 oy ozodlikdan mahrum qilingandi.
Rassom Elsevar
Eltuz.com