chorshanba,
18 dekabr 2024
3 yanvar 2018
Narx oshganiga isyon qilgan eronliklarni o‘zbeklar tushunmadi
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda.
Kimdir bunda Amerikaning qo‘li bor desa, boshqalar uni IShIDga bog‘lamoqda. Namoyishchilar qoralanmoqda.
Ommaviy norozilik narx-navo oshgani bois kelib chiqqanini esa, ayni kunlarda narxlar ko‘tarilayotgan O‘zbekistonda tushunishmayapti.
Xabarlarga ko‘ra, 28 dekabrda Mashhadda boshlanib, Tehronga ko‘chgan namoyishlar chog‘i 22 nafar shaxs, jumladan politsiyachilar halok bo‘lgan.
Namoyishchilarga qarshi suv purkalgan va 450 nafar odam qo‘lga olingan.
Rassom Tuz
Eltuz.com