Catira
22 yanvar 2018

41 o‘zbek to‘nglab qolgan avtobusdan qutqarildi

52 kishining hayotiga nuqta qo‘ygan avtobusdagi yong‘indan 4 kun o‘tib o‘zbekistonlik muhojirlar yana qozoq dashtlarida muammoga duch keldi. 41 o‘zbekistonlik Qozog‘istonda muzlab qolgan avtobusdan qutqarildi. Tengrinyus xabar agentligiga ko‘ra¸ 22 yanvarga o‘tar kechasi Petropavlovsk – Sariog‘och yo‘nalishida ketayotgan va ichida O‘zbekistonning 41 vatandoshi bo‘lgan avtobus yonilg‘i tizimi muzlagani oqibatida yo‘lda to‘xtab qolgan.

Xabarda aytilishicha¸ kulfatda qolgan o‘zbek yo‘lovchilar politsiya va qutqaruv xizmati tarafidan qutqarilgan.

O‘zbekistondagi nochor hayot va ishsizlik bois yo‘lga chiqib sovuqda qolgan 41 nafar o‘zbek Bo‘zayg‘ir qishlog‘idagi maktabga joylashtirilgan.

Qozoq dashtlarida o‘zbeklar tushgan avtobuslar bilan bog‘liq noxush voqealar uchrab turadi. Ulardan eng dahshatlisi 18 yanvar kuni Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan edi. Avtobus ichidagi yong‘inda 52 o‘zbekistonlik kuyib kulga aylangandi.

Avtobusda yonib o‘lganlar voqeasidan hulosa chiqarmagan vatandoshlarning yana eski avtobuslar bilan Rossiyaga ketishini rassom KIRPI bizga yo‘llagan karikaturasida tasvirladi. Kirpi chizgan rasmdagi yigit ota-onasining qarshiligiga qaramay, “Baribir Rossiyaga ketaman, bu qashshoqlikda yashaganimdan ko‘ra avtobusda yonib ketganim afzal”, deb baqirmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 mart 2023
Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida 2014 yilning 18 martida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. ...
4 fevral 2016
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, 1 fevral kuni – o‘zbekistonlik taniqli xonanda Tamila (Esmeralda Raxmatova)ning litsenziyasiini bekor qildi. Tamilaning litsenziyasi bekor ...
18 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
30 sentyabr 2023
Eltuzga kelib tushgan anonim maktubda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash departamentidagi korruptsiya va noto‘g‘ri boshqaruv haqida so‘z boradi.Departament ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...