Qo‘zichoqlar jimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev avtobusda tiriklayin yonib ketgan farg‘onalik 16 yo‘lovchini «haromi» deb haqoratladi.
O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yo‘lovchilar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar tendentsiyaga aylangan kuzatilsa-da, shu paytgacha biror kattaroq mansabdor javobgarlikka tortilgani haqida «Eltuz»da ma'lumot yo‘q.
52 yo‘lovchining avtobusda tiriklay yonganidan 5 kun o‘tmay Pavlodar viloyatida muzlagan avtobusdan 58 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi.
22 yanvar kechasi esa Petropavlovskdan qaytayotgan yana bir avtobusda muzlagan 41 o‘zbekistonlik qutqarilgani haqida «Eltuz» xabar bergan edi.
Ayni paytda O‘zbekistondan Rossiyaga avtobuslarda yo‘lga chiqib, muammolarga duch kelayotgan mehnat migrantlari oqimi to‘xtagani yo‘q.
Rassom Dumham bu vaziyatga oid karikaturani «Eltuz»ga jo‘natdi.
Majoz va masal tarzida chizilgan bu rasmda qo‘ylarni qo‘riqlashi lozim bo‘lgan ko‘ppak ularni bo‘ri dasturxoniga tortiq qilayotgani tasvirlangan.
Eltuz.com