Catira
11 aprel 2018

DXX bayonotidan so‘ng uch nafar diniy mulozim ishdan olindi

DXX raisi Ixtiyor Abdullaevning islomiy tahdid haqidagi bayonotidan so‘ng, mustaqil manbalarning «Eltuz»ga xabar berishicha, Musulmonlar idorasi kotibiyati bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov, bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad va Toshkent shahridagi Do‘mbirobod masjidi imom-xatibi Shermurod Tog‘ay bir kunda ishdan olingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yaqin shaxsning «Eltuz»ga bildirishicha, har uchala diniy ulamo «o‘z jamoalarida fitna chiqargani» uchun ishdan haydalishgan.

Shuningdek, «Eltuz» yuqoridagi shaxslar qalamiga mansub ayrim maqolalar ular ishdan haydalishi bilan diniy saytlar sahifasidan g‘oyib bo‘lganini aniqladi.

Masalan, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullaevning O‘zbekistonga xavf solayotgan islomiy tahdid haqidagi nutqidan so‘ng Mubashshir Ahmadning «Men Ixtiyor Abdullaevga ishonaman!» sarlavhali maqolasi saytlardan sirli g‘oyib bo‘ldi.

Feysbuk tarmog‘ida faolligi bilan ajralib turgan, prezidentni ulug‘lagan, o‘zbek xonandalarini hayosizlikda ayblab qoralagan imom Shermurod Tog‘ayning ham so‘nggi voqealar yuzasidan izohlari kuzatilmayapti.

Imom Shermurod Tog‘ay hatto uning chiqishlarini tanqid qilib kelgan «Ozodlik» radiosi jurnalistlarini jasoratli deya maqtagan, shuningdek, 2 mart kuni ulamolarning fikr erkinligini cheklagan diniy idora rahbariyati iste'fosini talab qilgandi.

Shermurod Tog‘ay diniy ekctremistlarga og‘ir jazo berilishini oshkora talab qilgan imomlardan biridir.

«Biz fikr beramiz, fatvoni muftiy chiqaradi», degan edi Shermurod Tog‘ay o‘zining tarmoqdagi shaxsiy fikrlari haqida.

Uning feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur sahifasi 11 aprel kuni yuzerlar uchun yopiqligicha qoldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (12.04) prezidentning pensionerlarga metroda yurishni (10.00 dan 16.00 gacha) tekin qilib qo‘yganidan «minnatdor» keksalarning «katta ...
11 aprel 2017
Sud-huquq tizimi isloh qilinayotgani haqidagi ura-urachilikning yangi to‘lqini ko‘pchigan shu kunlarda «XXI asr» gazetasi yana bir mavzuni ko‘targanki, sohadagi ...
1 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 1 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ O‘zbekiston Respublikasi referendumining dastlabki ...
5 fevral 2021
(Arafadagi o‘ylar) Bu savolni sizga emas, o‘zimga berdim uzun yillar davomida.Bu savolga bugun javobim bor, alhamdulilloh, ammo kecha yo‘q ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...