O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi MXX qoldig‘idan tozalandi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari degan lavozim shamsiyasi ostida siyosiy tsenzurani amalga oshirib kelgan, aslida sobiq MXX vakili Abdusalom Shodmonov ishdan bo‘shatildi.
MTRK devonxonasi mulozimining «Eltuz»ga aytishicha, Shodmonov 6 aprel kuni ishdan bo‘shatilgan va bu lavozim tag-tugi bilan tugatilgan.
12 aprel kungi holatda Shodmonov MTRK saytidagi rahbarlar ro‘yxatidan olib tashlanmagan.
MXX tugatilib, DXXga aylangani ortidan mamlakat idoralaridagi MXX kuratorlari birin-ketin ishdan olingani kuzatilmoqda.
O‘tgan oyda O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisining MXXdan tayinlangan o‘rinbosari Aydarbek Tulepov ishdan olinib, uning lavozimi tugatilgan edi.
Milliy telekanalni qo‘ldan bergisi kelmayotgan maxfiy xizmat zobiti rassom Kirpi karikaturasida o‘z aksini topdi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com