Ko‘zqarash
25 oktyabr 2023

Rassom Tuz: Dilshoda nega fashizmga oshiq

MTRK boshlovchisi Dilshoda Matchonovaning O‘zbekiston konstitutsiyasida qoralangan irqchilik, qirg‘inni qo‘llab-quvvatlab 70 millon kishini o‘choqda yoqqan Gitlerga oshiq bo‘lgani jurnalistika botgan botqoq neqadar chuqur ekanligidan dalolat.

Asnoda tanishlar chiqib, «Dilshoda Omon Matchonning jiyani rahm qiling, bu shunchaki xotin kishi qariyotganda sodir bo‘ladigan ruhiy jarayon hosilasi,» deyishdi.

Yana birovlar esa bu «gitlerchi xotin» talonchilk, pora olishda vositachilk qilish, firibgarlik kabi qator jinoyatlarda ayblanib qamalib chiqqan propagandist Said-Abdulaziz Yusupovning salbiy ta'siriga tushib, miyasi atala bo‘lganini yozib advokatlik qilishdi.

Miya bo‘lsa atala bo‘ladi. Gap bu xotinning qarib-churib puturdan ketayotgani ortidan ruhiy talvasaga tushganida ham emas. Gap bu xotinning o‘qimaganida. Inshodan besh olib, Karimov kitobini o‘qib diplom olgan to‘tiqushlarning yo‘qotilgan avlodi bu.

Dilshoda Matchonovaning shoir Omon Matchonga qarindosh ekani ham hech qanday rol o‘ynamaydi. Aslida tabiat xatosi bo‘lgan Dilshodani matbuot, ta'lim sohasidan uzoqlashtirish kerak. Bu fashist gazanda bozorda emchak xalta sotib tirikchilik qilishga yaraydi, xolos.

Fashizm – bu asr vabosi. Ruhiy va ilmiy immunitetei past bo‘lgan, aqlan noqis kishilar bu vaboga tez chalinadi.

Faylasuflar xalq degan tushunchani sakral ya'ni shak keltirib bo‘lmas but holiga keltirishgan. Bu noto‘g‘ri.
Aslida xalq ham chirib, sasib ketishi mumkin. Millionta jinnini bitta joyga yig‘sangiz millonta jinni bo‘ladi. Bu jinnilarning ko‘pligi sifatni bildirmaydi.

1945 yil baxorida Drezden ustiga AQSh uchoqlari yog‘dirgan bombalar xalqni esini joyiga keltirish uchun xizmat qilgan edi. Oradan 5 yil o‘tib ijtimoiy so‘rov markazlari nemis xalqi fikrini o‘rganib dahshatga tushishdi. Xalq ongi o‘zgarmagan edi. Toqatsizlik, irqchilik, fashizm, diniy jaholat, xasad va ko‘ra olmaslik ularning qon-qoniga singib ketgan edi. Bu majruh va siniq olomonni ulkan cho‘kichlar bilan urib to‘g‘irlash lozim edi. Xuddi avariyaga uchragan mashina korpusini kostoprav usta kuvalda bilan tekislagan kabi.

Shu tariqa odamlarni kinoteatrlarga yig‘ib o‘zlarining Gitler davrida qilgan butun jaholati aks etgan dokumental kinolarni majburlab tomosha qildirishdi.

Birovlar ko‘rmayman deb ko‘zlarini yumganida AQSh zobitlari ularni qo‘llarini qayirib, orqasiga bog‘lab tomosha qildirishdi.
Kechagina Gitlerga ta'zim qilib, u o‘lgandan keyin bir yumalab yangi yurtboshi ko‘tini yalaganlar ro‘yxati tuzildi.

Ularning hujjatiga maxsus teshik qilib berishdi. Tavqi la'natga chiday olmagan sobiq mulozimlar o‘z joniga qasd qildi. Pokayanie – tavba-tazarru olovi ichidan barcha o‘tdi.

Ko‘plar bu olov ichida yonib jizg‘anak bo‘ldi. Ammo millat sog‘lomlashdi. Germaniya bugunga kelib yana Yevropaning eng ulug‘, eng aziz, boy va mukarram davlatiga aylandi. Germaniyada Gitlerni ulug‘lash jinoyat hisoblanadi.

(Ilovadagi rasmlar ikkisi ham bir xil nomlanadi: «Biz nega uchrashdik qirqdan oshganda?)

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
13 iyul 2020
O‘tmish tozalab qo‘yilgan. Ëlg‘on esa haqiqat deya bizga taqdim qilinmoqda. Bu gapni yozuvchi Jorj Oruell bundan 70 yil oldin ...
20 aprel 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
20 avgust 2019
Asakalik tadbirkor Sirojiddin Najmiddinov tuman markazida tashkil qilgan «Tasanno Omad Lyuks» savdo majmuasini sherigi Anvar O‘rinboev tortib olinganidan shikoyat ...
10 may 2019
Rassom Tuz
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...