Catira
15 may 2018

«Nega ular menga orden berishmoqchi, Brejnevmasmanku!»

Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvoni berish haqida ijtimoiy portalga qo‘yilgan Ibrohim Norovning taklifini 14 may kuni birdaniga bir necha o‘zbek nashrlari yoritdi.

Norov Oliy Majlis deputatlariga yozgan xatida prezidentning «barcha xizmatlariga yetarlicha baho berilmagani va munosib ravishda taqdirlanmagani»dan shikoyat qiladi.

Portalga qo‘yilgan va bir necha nashrlar chop etgan mavzu tezgina ijtimoiy tarmoqqa ko‘chdi.

Izohlarda taklifni olqishlash bilan birga, o‘zbek zehniyatidagi maddohlik va laganbardorlik ayovsiz qoralanayotgani kuzatiladi.

Izohlar orasida Mirziyoevni ham Karimov ta'sis qilgan va o‘zi taqqan «Oltin Yulduz», «Mustaqillik», «Amir Temur» kabi nishonlar bilan taqdirlash takliflari bor.

Norovning arizasi e'lon qilingan portalda, va na uni yoritgan saytlarda arizago‘yning kimligi haqida hech narsa aytilmagan.

Sovet raxbari Leonid Brejnev an'analariga sodiq qolgan kommunist Karimov 1988 yili «Mehnat Qizil Bayrog‘i», «Xalqlar do‘stligi» ordenlari va yuztacha har hil medallar, davlat nishonlari, zanjirlar, xochlar bilan taqdirlangani uning biografiyasida aks etgan.

Brejnevning shoda shoda ordenlari bo‘lgan – Mirziyoevniki esa kamgina. Mustaqillik davrida olgan «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» nishonlaridan tashqari, uning sovet davrida «Eng yaxshi mergan» medalini olgani «Eltuz»ga ma'lum.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 sentyabr 2024
Voronejda harbiy ombor portladi, Ryazanda saylov komissiyasi a'zosi xojatxona teshigiga tushib ketdi, Irkutskda toza suvga bag‘ishlangan festivalda kanalizatsiya yorilib sassiq oqava ...
28 noyabr 2017
Shu yilning 23 noyabridan O‘zbekiston qamoqxonalarida «o‘z tovarlari (xizmatlari), shuningdek, boshqa qonuniy manbalarini ijaraga berish»ga ruxsat etiladi. Vazirlar Mahkamasining ...
7 iyul 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisi, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning Bo‘z tumanidagi saylovchilar bilan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...