Catira
11 sentyabr 2018

Yunusobod hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Rasmiy xabarlarda Baxtiyor Abdusamatovning sarmoyadorga yer uchastkasi ajratib berish evaziga pora olayotganida xibsga olingani aytiladi.

Bundan ilgari, shu yilning 12 iyulida Baxtiyor Abdusamatov mashhur rassomlar Petr va Nikolay Jarskiylar tomonidan 1966 yili Yunusoboddagi ko‘p qavatli turar joy binosi devoriga ishlangan mozaikani o‘chirishga buyruq bergan edi.

Hokimlikka tayinlanishidan oldin 2017 yilning 18 apreligacha Tabiatni asrash davlat qo‘mitasi rahbari bo‘lgan Baxtiyor Abdusamatov Toshkent xiyobonlaridagi behisob daraxtlarni kesishga ruxsat bergan sobiq amaldor hamdir.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2022
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar, mo‘chchi oybika ham ...
7 fevral 2019
Rassom TuzEltuz.com
3 aprel 2018
O‘zbek jurnalisti va yozuvchisi Hamid Ismoilov davlat uni «demokratik tendentsiyalarga mos kelmaydi» deb topganidan so‘ng 1992 yilda O‘zbekistondan qochishga ...
20 mart 2023
O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev, Turkiyalik saylovchilarni may oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida 20 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Erdo‘g‘an nomzodini “to‘liq ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...