Asosiy mavzular
20 mart 2023

Bahodir Fayz: Mirziyoevning nazokatsiz va ayni paytda siyosiy noto‘g‘ri bir uslubi

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev, Turkiyalik saylovchilarni may oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida 20 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Erdo‘g‘an nomzodini “to‘liq qo‘llab-quvvatlash”ga chaqiribdi.

Bu uslub naqadar nazokatsiz va ayni paytda siyosiy noto‘g‘ri bir uslub.

20 yillik iqtidori davrida Turkiyani avtoritarizm ostonasiga olib kelgan “sulton” Erdo‘g‘anning yana bir dastakchisi bor. Bu hammamiz bilgan, dunyo ko‘zida yakkamohovga aylangan Putin. Bu mohovga bizniki ham qo‘shildi endi. Putlerning o‘ziga yarasha sabablari bor, tushunsa bo‘ladi. Dunyo jamoatchiligi ko‘zida yakkalanib qo‘lgan Putler, o‘ziga yondosh qidirayotgani sir emas. Bu hamkorlikni , demokratik davlatlar bilan san-manga borib turadigan Erdo‘g‘anda ko‘rishi ham normal. Lekin bizni muhtaramga nima bo‘layapti.

Xo‘sh, may oyidagi saylovlarda, muholifat nomzodi Kamol Kilichdaro‘g‘li yutib chiqsa nima bo‘ladi. Tirjayib turib Kilichdaro‘g‘lini ham tabriklab ketaveramizmi?

Lekin turk siyosatchilari Mirziyoevning bu chaqirig‘ini bir yerga yozib qo‘yishayotganidan shubham yo‘q.

Turkiya muholifatining mushtarak nomzodi Kamol Kilichdaro‘g‘li men uchun ideal lider modeli emas albatta.

Lekin hozirgi Turkiya siyosiy sahnasida, Kilichdaro‘g‘li bir oz bo‘lsa ham zulmatga yorug‘lik sochuvchi shamga o‘xshaydi.

Bugungi Turkiya jamiyati bu yorug‘likka shunchalik muhtojki, Turk xalqi erkinlikga, umidga, shunchalik chanqoqki albatta Kilichdoro‘g‘li ko‘pchilik ovozlarni oladi.

Sabablari oddiy, men Kilichdoro‘g‘lu saylovlarda yutib chiqsa nimalarga qodir ekanligini emas, nimalar qila olmasligini yozay, toki Erdo‘g‘an hatolarini takrorlamaslik ham boshlang‘ich uchun yetib ortadi:

1) Kilichdaro‘g‘li prezident bo‘lib saylansa, uni saylov yo‘li bilan iqtidordan ketkazish mumkin bo‘ladi.

2) Kilichdaro‘g‘li butun matbuotni Turk xalqining “soliqlari” hisobiga, davlat kuchi bilan “sotib” olib, o‘z targ‘ibotini qila olmaydi.

3) Kilichdarog‘lu o‘ziga sodiq ammo layoqatsiz, sudya-prokuror va maddohlar armiyasini yarata olmaydi.

4) Kilichdaro‘g‘lini tanqid qilgani uchun ertalab soat 4 da hech kim uyidan olib ketilmaydi.

5) Kilichdaro‘g‘li saylov komissiyasiga buyruq berib, saylovlarni manipulyatsiya qila olmaydi va o‘zining prezidentligini noqonuniy tarzda kafolatlay olmaydi.

6) Kilichdaro‘g‘li o‘lkada yangi etnik tabaqa yaratish uchun o‘z xalqini aldab, mamlakatga +10 million Suriyalikni joylashtira olmaydi. Suriyaliklarga sarflangan harajatlarni o‘z xalqiga to‘lata olmaydi.

7) Turkiya iqtisodini boshi berk ko‘chaga olib kirib qulatgudek bo‘lsa Kilichdarog‘lu lavozim bilan xayirlashadi. Amerika , Evropa bizni ko‘raolmaydi, iqtisodimiz

“Tashqi kuchlar tufayli” buzilayati deya na saylovchilarni, na da muxolifatni ishontira oladi.
8) Agar Kilichdoro‘g‘li hokimiyatga kelsa, Erdo‘g‘anga sodiq matbuot, adliya tizimi/ sudyalar/prokurorlar, Ichki Ishlar vazirligidagi kadrlar uni ishini qiyinlashtirish uchun har bir qadamini kuzatishadi va Kilichdaro‘g‘lining bir zum hato qilishini kutishadi.

Doim kuzativda bo‘lganligi sababli, u birinchi 5 yil davomida xohlasa ham korruptsiya va qing‘irliklarga qo‘l ura olmaydi.

9) Kambag‘al aholi arzon nonga navbat kutayotgan bir paytda, 1000 xonali hashamatli saroyda o‘tirib, Erdo‘g‘an kabi Turkiya Jumhuriyati vatandoshlarini haqorat qila olmaydi.

10) Kilichdaro‘g‘lining odamlari Turkiyadan yashirincha olib chiqqan pullari bilan sarmoya kiritish va soliq to‘lamaslik uchun Maltada offshore shirkatlar qura olmaydilar.

11) Kilichdaro‘g‘li Turk xalqining soliqlaridan yig‘ilgan pullarni, shariatchilarga, tariqotlarga va jihodchi radikal gruhlarga taqsimlay olmaydi.

12) Kilichdaro‘g‘li o‘ziga sodiq ochko‘z yondoshlariga, pul qilish uchun, zilzilalar markaziga 10 qavatli sifatsiz bino qurish uchun ruhsat bermaydi. chunki Erdo‘g‘an tashlab ketayotgan tuzum va xalq uning har bir qadamini kuzatib boradi.

13) Kilichdaro‘g‘li o‘zini saylagan xalqni, soliq to‘lab iqtodorni boqib kelayotganlarni “sharafsiz” deya haqorat qila olmaydi, raqiblarini ham tahdid qila olmaydi.

14) Kilichdaro‘g‘li davrida Turk xalqining dunyoviy hayot tarziga qilingan barcha bosimlar tugaydi.

15) Kilichdarog‘lu davrida Erdog‘an sabab bo‘lgan, dunyoda kulgu bilan qarshi olingan bankachilik sohasidagi komediyalar yashanmaydi.

16) «Arab bo‘lmagan va demokratik davlatlarga dushmanlik ko‘zi bilan qarash» siyosati Kilichdaro‘g‘li davrida tugaydi. Turkiya yuzini arab qabila davlatlariga emas, g‘arbning demokratik jamiyatlariga qaratadi.

Vaziyat shuki, hozir Turkiya siyosiy sahnasi o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turibdi. Erdo‘g‘an tarafdorlarining yagona motivatsiyasi, Erdo‘g‘anni qaytadan saylab mavjud “salnatan”ni qo‘riqlash bo‘lsa, Kilchdaro‘g‘lini nomzodini dastaklagan muholifat ittifoqining maqsadi esa tuzumda fundamental islohatlar qilish.

Turk muholifatning milliy ittifoqi butun Turk xalqiga 90 yillardagi kabi siyosiy erkinliklarga, qaytadan liberal demokratik jamiyat qurishga bir ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.

Bahodir Fayz

AQShlik siyosiy tahlilchi

Tag‘in o‘qing
9 iyun 2016
«Hurriyat» gazetasi ushbu yangi ijtimoiy tarmoqning «bir qator afzalliklari bor»ligini ayta turib, qovun tushirib qo‘ygandek. «Avvalo, u «Tas-IX» tarmog‘ida ...
7 sentyabr 2020
«Eltuz»ning qadrli o‘quvchilari! Agar sizni yoki tanishlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy majburiyatlaringizga bog‘liq bo‘lmagan, qo‘shimcha haq to‘lanmaydigan ishlarga majbur qilishsa, bosh ...
9 noyabr 2023
Kuzda ketib kuzda qaytdim sovet armiyasi safidan. Bizni armiya safiga oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limidan chaqirishgandi. Bu esa noodatiy ...
19 dekabr 2019
Britaniyaning nufuzli The Economist  jurnali O‘zbekistonni «2019 yil mamlakati» deb e'lon qildi. Nashr so‘nggi yillarda mamlakatda muhim islohotlar amalga ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...