O‘zbek tilini bilmaslik – muqaddas istak?
O‘zbek interneti qahramoni, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi va Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jaev rus ayoliga qo‘pollik qilib, undan o‘zbek tilida gapirishni talab qildi.
Internetda 16 sentyabrda tarqalgan videoda u «Uyat!» deya bir necha bor takrorladi va bu ijtimoiy tarmoqda ehtiroslar va tanqid bo‘roniga sabab bo‘ldi.
Jabrlangan ayol Tatyana Zokirova bo‘lib chiqdi. U o‘z videomurojaatida o‘zbek mulozimining gaplaridan qattiq g‘azabda va Rossiya elchixonasiga borib shikoyat qilish niyatida ekanini bildirgan.
Qudratxo‘jaevning qo‘pol munosabatini oqlamagan holda aytish joiz, o‘zbek tilini o‘rganishni istamaslik muammosi O‘zbekistonda yashayotgan kattalar uchun ham, yosh avlod uchun ham birdek dolzarbligicha qolmoqda.
Tatyana Zakirovaning Rossiya elchixonasiga arz qilishga urinishi ham O‘zbekistonni o‘z vatani deya ta'kidlayotgan inson uchun sharaf keltirmaydigan holatdir.
Rassom Tuz
Eltuz.com