O‘zbekistonda frantsuz vinosini chiqarishga hali erta
Prezident Mirziyoevning Parijga safari chog‘i ilgari surilgan O‘zbekistonda frantsuz vinosi ishlab chiqarish g‘oyasi «echki, limon va tovuq» rivoyati kabi fiaskoga uchrashi mumkin.
Respublika karantin idorasi xodimi «Eltuz» nashriga uzumning frantsuz navlari bir nechta virusli kasalliklarga egaligi uchun karantindan o‘tmaganini norasmiy tarzda bildirdi.
«Shuning uchun endilikda Frantsiyadan faqat dezinfektsiyalangan uzum qalamchalari keltirilib, IN VITRO usulida ko‘paytirish loyihasi ustida ishlanyapti», dedi u.
Ayni loyiha ustida ishlaytgan mutaxassisning «Eltuz»ga bildirishicha, 60 million dona dezinfetsiyalangan ko‘chatga ehtiyoj bor. Aks holda, mutaxassiga ko‘ra, Yevropadagi toklarda mavjud zararkunandalar O‘zbekistondagi tokzorlarni qirib yuborishi ehtimoli katta.
O‘zbekiston matbuoti bundan avvalroq mamlakatda 20 ming gektar plantatsiyada yuqori sifatli frantsuz vinosi ishlab chiqarishga kelishilgani haqida xabarlar tarqatgan edi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com