Asosiy mavzular
17 iyul 2018

Podpolkovnikning qamalishi MXX sirlarini fosh qilmoqda

Milliy xavfsizlik xizmatining Afg‘onistondan o‘tgan 405 kilogramm narkotikni saqlashda ayblanib, 2016 yili 20 yilga qamalgan 42 yoshli podpolkovnigi Bahrom Suvonovning yaqinlari uni aslida MXX ichidagi guruh o‘z jinoyatlarini yashirish uchun qamoqqa tashlashganini aytishmoqda.

O‘g‘lining qamalishiga olib kelgan 2016 yilning bahoridagi voqeani uning otasi Xursand Suvonov bunday talqin qiladi:

«G‘ulomovchilar asli katta bir guruh. Ular qotillik, Afg‘onistondan narkotik, qurol olib o‘tish bilan shug‘ullanishgan. Bu sirlarni o‘g‘lim bilgan».

2016 yilning aprelida uning o‘g‘li Afg‘oniston chegarasidan O‘zbekistonga olib o‘tish uchun chegaradagi to‘qayzorga ko‘mib qo‘yilgan katta partiyadagi salkam yarim tonna giyohvandlik moddasini topadi.

Uni yo‘q qilish uchun hujjat rasmiylashtiradi. Biroq Xursand Suvonovning o‘g‘lidan iqtibos keltirishicha, o‘g‘lining hamkasblari narkotik moddalarni kelasi 2017 yilga qadar saqlashni lozim ko‘rishgan.

Keyinchalik jinoyatni o‘zlaridan soqit qilish va Bahromning bo‘yniga ilish uchun uni qamab, og‘ir qiynoqlarga solishgan.

“Prezidenting hech narsa qilolmaydi. Buning boshida Nodir To‘raqulov turibdi, deyishgan o‘g‘limga”, deydi Bahromning otasi o‘z o‘g‘lidan iqtibos keltirib.

Bahromning yaqinlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari ularning o‘g‘li qamalganini bir oy davomida yashirib kelishgan. Ularga o‘g‘ling xizmat safariga ketgan, deb aytishgan.

”Hukmda 13 iyunda qamoqqa olingani katta harflar bilan yozib qo‘yilgan, lekin u 19 mayda qamoqqa olingan”, deydi Xursand Suvonov.

Uning iddaosiga ko‘ra, o‘g‘lini yashirishga bo‘lgan harakat ortida uni o‘ldirib yo‘q qilish niyati yotganini anglatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 aprel 2018
Facebook ning 87 milliontagacha foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan siyosiy konsalting maqsadlarida yig‘ib borilgani haqidagi xabarlar ortidan ...
28 yanvar 2021
Jahongir Otajonov va putincha siyosiy texnologiyalar. Otajonov partiyasini registratsiyadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga bordi. Partiyasining nomi «Xalq manfaati», xuddi ...
21 mart 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo va Samarqand ...
26 dekabr 2019
Kechgan yilda O‘zbekiston tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirdi, biroq bundan o‘zbek xalqi ro‘shnolik ko‘rmadi. 2018 yil boshidan «O‘zbekneftgaz» ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...