Catira
7 dekabr 2018

Xalqaro tennis federatsiyasi Rustam Inoyatovni mukofotladi

Osiyo tennis federatsiyasining 1 dekabr kuni Filippin poytaxti Manilada o‘tgan yillik kongressida O‘zbekiston maxsus xizmatining sobiq raisi Rustam Inoyatov tennis rivojiga qo‘shgan «bebaho hissasi» va «tennisga bo‘lgan sadoqati» uchun mukofotlandi.

Sobiq KGB va MXX generali Rustam Inoyatovga mukofotni Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti, kongressning faxriy mehmoni Devid Xaggerti topshirdi.

Shu yilning boshida MXX idorasining nomi DXXga o‘zgartirilishi ortidan prezident Mirziyoev Rustam Inoyatovni lavozimidan bo‘shatgan, biroq uni o‘ziga maslahatchi etib tayinlagan edi.

1976-81 yillarda KGBning Afg‘onistondagi diplomatik agenti bo‘lgan Rustam Inoyatov 1995 yilning 27 iyunidan O‘zbekiston MXX raisi etib tayinlanadi.

1996 yili unga general-leytenant, 1999 yildan general-polkovnik unvoni beriladi. O‘sha yili Islom Karimovning tennis raketkasini hadya qilishi ortidan u O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi etib tayinlanadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 avgust 2020
Mirziyoev boshqaruvida tashqi siyosatda, bir tomondan, Rossiya va uning geosiyosati bilan bog‘liq munosabatlardagi milliy manfaatlar borasida ko‘pchilik noroziligiga sabab ...
25 oktyabr 2016
Chaqimchilik va tirikchilik O‘zbekistonda bir-birining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Bu endi birgina militsiya, MXX yoki ularga ishlaydigan maxsus ayg‘oqchilar, ...
8 noyabr 2017
8 noyabr kuni Andijon shahri rastalarida bir kilo mol go‘shti narxi 36 ming so‘mga ko‘tarildi. Andijondagi «Eski shahar» va ...
17 may 2019
Mana, hafta aylanib yana oylar sultoni ramazonda siz bilan yuz ko‘rishdik. Ramazon oyida shaytonlarni zanjir bilan bog‘lab qo‘yishar ekan. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...