Berlinda «O‘zbekiston qora quti bo‘lmaydi», degan mulozim ishdan olindi
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi raisi va bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov 28 yanvar kuni ishdan olindi.
Uning o‘rniga bir yarim yil burun, 2017 yilning 28 noyabrida ayni shu lavozimdan ozod qilingan, besh yil davomida Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bo‘lib ishlagan Elyor G‘aniev tayinlandi.
Suhrob Xolmurodov ishdan olinishidan o‘n besh kun avval, 15 yanvar kuni Berlinda o‘tgan biznes forumi ochilishida so‘zga chiqib, «O‘zbekiston endilikda «qora quti» emas, balki barcha uchun ochiq, shaffof qutiga aylanadi», degan edi.
Rassom Kirpi ushbu vaziyatni o‘z komiksida ifodaladi
Rassom Kirpi
Eltuz.com