Nargiz toqatsiz o‘zbeklarning nafratli nishonida
O‘zbek qo‘shiqchisi Nargizning shanba kuni rus millatchi ayollarinig hujumiga uchrashiga ijtimoiy tarmoqdagi qadimchi o‘zbeklar hamdardlik bildirishmadi. Aksincha tarmoqlardagi muhofazakor o‘zbeklar Nargizga hujum qilgan rus ksenofob ayollarining harakatini oqlash barobarida qo‘shiqchini tuban so‘zlar bilan haqoratlashmoqda.
O‘shlik “inson huquqlari faoli” Izzatilla Rahmatillaev taniqli qo‘shiqchi, 45 yashar Nargiz Zokirovaning shanba kuni Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob ayolning tajovuziga uchraganini FB dagi o‘z sahifasida “Xizmatlariga yarasha mukofot” deya atadi.
Bundan oldin “huquqbon” Nargiz Zokirovaning “ustiga devor ag‘darib o‘ldirish taklifi” bilan chiqdi. Taniqli huquq faoli Aziza Abdurasulovaning dashnomidan keyin Rahmarullaev bu “taklif” bitigini tarmoqdan o‘chirdi.
Huquq himoyachisi va muxolifatchi sifatida Kanadadan siyosiy boshpana olgan Tog‘boy Abdurazzoqov esa bu taklifni shodon qarshilab Nargiz sha'niga haqoratli “she'r” yozib tashlabdi.
Otang kim oshqovoq, onang nosqovoq,
Kimliging bilolmay o‘zing xurkasan.
Qazisan-qartasan… kimga tortasan?
O‘zbekdan qo‘rqasan, Rusga churkasan.
Rus ksenofoblari tarafidan kamsitilgan Nargizni “haqoratlash ma'rakasi” FB dagi “qo‘rqmaymiz” sahifasi ostifa qo‘yilgan izoxlarda davom etdi.
Ko‘pchilik Nargizni yahudiy deya kamsitib o‘z majruhlik komleksini qondirishga urindi.
O‘zini Ilxom Sardor deb atagan yuzer Nargizni itga tenglashtirib unga o‘lim tilaydi “Itga it o‘limi. Zokirovlarni 80yillarda xam odamlar juxud yani yaxudiy deyishardi O‘zbekistonda buzg‘unchilikka katta hissa kushgan suloladan bu xam.”.deydi FB yuzeri.
Ozodlik radiosi saytiga IntiPutin ismi bilan qoldirigan izoh mana esa mana bu:
Nargiza bu KUNINGDAN battar bul! Sen uzi Olloxdi lanatiga uchragan bir shaytonchasan sen musulmon xam emassan uzbek xam emassan nimaga millatingni va dinini yashirasan a, bilamizku Zokirovlar avlodi kimligini? Buxarskiy yevrelarsanu nimaga Endi. Boshka millat va bosh dinni nikob kilib olib yashaysan va musulmon va uzbeklarni dunyoga sharmanda kilasanlar a, bunaka bemani kiliklar va bunaka shayton basharalar uzbekdan chikmagan chikmaydi xam bu shayton basharalar Ana usha yaxudiylikdan chikadi, shuning uchun bu utgan vokeadan juda mamnunmiz bundan keyin uzini asli millating va dinini aytib yashagin ota bobong yashirib utgani yetadi. (Orfografiya o‘zgarishsiz qoldirildi)
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek segmenti Nargizning tashqi ko‘rinishini qizil latta ko‘rgan buqa kabi g‘azabnok qarshilaydi. O‘ziga Abu Joseph deya nik qo‘ygan “qo‘shikchini o‘zbekka yarashmagan turqi uchun xujum kilibdida” deya o‘ziga taskin beradi.
Abdurazzoq Ortiqov degan yuzerning gapi mana bu: “Nargiz ajnabiylarga taxlid etishda urislardan ham o‘tib tushganidan o‘ris ayollarini g‘ayili kelib, bir kimligini yodiga solib ko‘ziga kursatib qo‘yayluk degan maxsadida shishani unga qaratib uloqturgandurda. Yaxshiyamki xaligi otilgan bo‘tilka u becharani yarim taqir boshiga tegimabdi.”
Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida istiqomat qiladigan va o‘ziga Laylo O‘zbek deb nik qo‘ygan ayol “Uni bu yurishi o‘zbekka hos bo‘lmagani uchun” ruslar hujum qilgan deb ksenofoblarni “tushunishga “ urinadi.
O‘zbekistonlik vrach Alimardon Quddusiy nazarida Nargiz “o‘zligini unutgan va o‘zgalardan marhamat kutishga haqi bo‘lmagan, na yahudiy u na musulmondir” O‘zbekistonlik vrach hech ikkilanmasdan Nargizni “u fohishadir” deya ta'kidlaydi. Bunday haqoratlar ortidan Nargizni himoya qilish chaqiriqlari ham paydo bo‘ldi.
FB yuzeri Feruza Abdullaeva “bu qizni xakoratlashni bas kilaylik” degan taklifni ilgari surdi.
O‘zbekistonlik jurnalist Shuhrat Hurramov esa Nargizning tarzi o‘zbekka hos emas degan malomatga javob qaytardi.
Nimasi uzbekka xos emas? Talantli san'atkor, millionlab insonlarni kalbini zabt etgan Nargiz! U bilan uzbeklar faxrlanishi kerak! Kucha supurish, Moskva va Peterburg foxishaxonalarida «mexnat» kilish, chakalogini sotish uzbeka xos emas!” deb yozadi jurnalist.
Taniqli qo‘shiqchi, Zokirovlar sulolasining kenja vakilasi 45 yashar Nargiz Zokirova shanba kuni Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob ayolning tajovuziga uchrab, yengil yaralangan edi. Ijtimoiy tarmoqda esa honandaga qarshi haqoratlar toshbo‘roni haliyam davom etmoqda.
Qudrat Bobojon
Eltuz.com