Catira
9 mart 2020

O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor bo‘ldi. Quvonsak bo‘ladimi?

2020 yildan O‘zbekiston paxtaga davlat buyurtmasidan voz kechadi. Prezident Mirziyoev farmoniga ko‘ra, 2020 yil hosilidan boshlab viloyatlarning paxta yetishtirish rejasi belgilanmaydi.

O‘zbek matbuoti «tarixiy» deya atayotgan bu qarorga ekspertlar skeptik qarashlarini ham bildirishmoqda.

Xususan, taniqli o‘zbek eksperti Alisher Ilhomov quvonishga hali erta, deya hisoblaydi.

«Gap shundaki, de fakto paxta uchun majburiy davlat buyurtmasi endilikda tumanlarda yaratilayotgan klasterlar darajasiga ko‘chiriladi. Bu mantiqan mahalliy hokimlarga bog‘liq tarzda ishlaydigan, ayni tumanda raqobatchining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va fermerni paxta yetishtirish va uni past narxlarda topshirishda davom etishi uchun burchakka tiqish maqsadida tuzilgan monopolistik tuzilmadir.  

Aksariyat klasterlar ortida ularga ofshor zonalar orqali egalik qilayotgan oligarx doiralar turibdi. O‘z yeridan foydalanishda fermer real erkinlikka egami va nimani ekishni uning o‘zi hal qila oladimi – shu holat progress ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Buni faqat tajribada tasdiqlash mumkin, chunki O‘zbekistonga xos sharoitlardan kelib chiqib, rasmiy qabul qilingan qaror ko‘p narsani anglatmaydi. Amalda ishlar qabul qilingan qonunlarga emas, hokimlar o‘rnatadigan tushunchalarga muvofiq asoslarda amalga oshiriladi», deya yozdi Alisher Ilhomov Feysbukdagi sahifasida.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
17 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 49-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Yuqorida tortishganimiz butun ...
18 yanvar 2019
O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida ...
23 dekabr 2019
Sharqiy taqvim bo‘yicha 2020 yil ramzi kalamushdir. Kalamush yili sharqiy taqvimning yangi 12 yillik tsiklini boshlab beradi. Kalamush yilida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...