Catira
1 iyun 2020

Kosmosda Ilon Mask kemasi uchayotgan bir paytda…

Ilon Mask xususiy raketasi ko‘kka uchdi. Ilmning cho‘pchakni yengishi bu!!!

O‘zbekiston prezidenti «daftarim suvga oqdi», deya aljiragan kallavaram xotinga falsafa doktori diplomi «padarka» qiladigan banan davlatidan turib qaralsa, bu parvoz yana yuksak ko‘rinadi.

Bir paytlar ilk insonning ko‘kka uchishi tayyorlangan shaharning maxfiy kodi T-1 edi. Rasshifrovkasi Toshkent-1.

Hozir bu shahar kinnachi, o‘g‘ri, firibgar va nog‘orachilar bilan to‘la.

Prezident esa kinodagi jinni podshoh kabi har bir odam nog‘ora (birorta musiqa asbobi) chalishi zarur, deb tayinlabdi.

Mamlakatning yarmi chalib, yarmi o‘yinga tushsa kerak.

O‘g‘rilarning qaynotasi boshqargan «iston»lar «uchmaslikka» mahkum. Xuddi qanoti bo‘la turib, ucholmaydigan tovuq misoli.

Dunyo ilm markazi, 2 million o‘zbek grin kard o‘ynab, surmoqchi bo‘lgan haqiqiy jozibador mamlakat Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi parvozga alyor aytaylik.

Daglas Xerli va Robert Benken tog‘alar oy borib omon kelsin.

Darvoqe, Daglas Xerli 53 yoshda ekan.

53 yashar odam O‘zbekistonda yoshini yashab, oshini oshab, bir oyog‘i go‘rda hisoblanadi. To‘ytepaga ham borib kelishi mushkul ish.

1961 yil Yuriy Gagarin ko‘kka uchganida qozoq shoiri, ulug‘ bovurim O‘ljas Sulaymonov 12 aprel kuni bir kechada “Insonga sajda qil zamin” degan poemani yozgan va bu poema darhol chop qilinib, uchoqdan yerga sochilgan edi.

O‘zbek shoirasi Zulfiya Gagarin bilan muloqotlaridan keyin «Yo‘lchi yurak» dostonini yozgandi.

Toshkent markazida 1970 yilda haykaltarosh Postnikov yaratgan Gagarin monumenti o‘rnatildi. O‘tgan asrning 70-yillarida Samarqandda ham Gagaringa haykal tikildi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan ilk kunlarda Toshkentdagi markazqo‘m binosi oldida qad ko‘targan Gagarin haykali Chilonzor savdo markaziga olib borib o‘rnatildi.

Haykal ortidagi 28 metrlik stellaning yarmini qirqib tashlashdi. Samarqanddagi Gagarin haykali esa 2008 yil buzib tashlandi.

Endi bu mamlakat parvoz haqida o‘ylamas va chuqur tanazzulga mahkum edi.

Odamlar miyasi ilm bilan emas, cho‘pchak bilan to‘ldirila boshladi.

Ular temirdan katta qozon yasab, ichida guruch pishirib, talamon qilib yeb «zo‘rmiz», deb ko‘kragiga uradigan biomassaga aylantirildi.

Lekin yer yumaloq. Bu tarafida qorong‘u bo‘lsa, u tarafi yorug‘.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 sentyabr 2016
Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu ...
17 may 2023
Bankdagi pulni o‘margan, 9 milliard 208 million 862 ming so‘mni  VonXBet o‘yiniga tikib yuborib yutqazgan Nukusdagi bank xodimi 8 yilga ...
11 fevral 2017
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 2016 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat monitoringi yakunlariga oid hisobotini e'lon ...
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi va boshqalarniki ham aniq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...