Ko‘zqarash
13 sentyabr 2023

Alisher Taksanov: Karimov hech qachon xalq bilan birga yashamagan

Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi va boshqalarniki ham aniq shunday ekaniga ishondi. U tor va tiqilinch metroga ham, avtobusga ham chiqmasdi. U ishga yoki uyga yetib olish uchun prezident korteji o‘tishini soatlab kutish qanday bo‘lishini ham anglamasdi. U o‘zi bilan dori-darmon va shprits ko‘tarib kelishi shart bo‘lgan tuman poliklinikasiga ham bormagan. Nabiralari yorug‘, issiq, shiftidan chakka o‘tmaydigan xonada o‘qishi uchun, sinfxona ta'miriga ham pul bermagan va taksiga puli yo‘qligi uchun hech qachon bekatda tramvay kutmagan.
U arzonroq mahsulotlar olishga navbatlarda turmagan va uning «Neksiya» sotib olish uchun shapka berishga ham ehtiyoji yo‘q edi. Uning uyida doimo issiq suv va elektr toki bo‘lgan, hech qachon lifti qulab tushmagan, unikiga propiska yoki xizmat to‘lovlarini tekshirishga uchastkavoy, elektrik, gaz xodimi ham kelmagan. Chet ellarga sharoitlari qulay uchoqda borgan.
U o‘zi buyuk deb hisoblagan kitoblarni yozdi va butun xalqni ularni o‘qishga, bu kitoblar bo‘yicha dars berishga va imtihon topshirishga majbur qildi. Uning har bir nutqi qandaydir ilohiy haqiqat sifatida, o‘zi esa fikrda yoki sud qarorida yakuniy hukm sifatida taqdim etildi. Negadir deputatlar, sudyalar unga bo‘ysunish kerak, mustaqillik esa noto‘g‘ri, erkinliklar davlatning parokandaligiga sabab bo‘ladi deb o‘ylashgan. Va u o‘z qarashlarini yagona haqiqiy deya belgilagan va barcha odamlar u chizgan chiziqdan yurishi kerak bo‘lgan. U o‘z atrofini xushomadgo‘ylar, qullar, saroy laganbardorlari, aqli past va dunyoqarashi cheklangan odamlar bilan o‘radi. Chunki, ahmoqlarni boshqarish osonroq edi.
Uning qizlari, nevaralari paxta termadi, ko‘cha supurmadi, panjara bo‘yamadi. Ular darhol nufuzli universitetlarga o‘qishga kirishdi va chet elga sayohat qilishdi. Ular oddiy ishchi sifatida ishlamadilar, o‘z martabalarini past zinalardan boshlamadilar. Gulnora UMEDda o‘qituvchi bo‘lib ishlamadi, ammo professor bo‘ldi. Qandaydir mo‘'jiza bilan u o‘quv muassasasi bo‘lmagan dargoh – Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot institutidan magistrlik darajasini oldi. Va tezgina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va elchi darajasiga ko‘tarildi. Kichik qizi Lola ham xuddi shunday sur'atda jozibali lavozimlarga ko‘tarildi, u avval YuNYeSKO vakolatxonasida ishladi, keyin esa otasi O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun qurib qo‘ygan dunyodan ancha uzoqqa – qo‘shma shtatlarga survordi.
Karimov mehnat muhojirlaridan jirkanib, ularni “dangasalar” deb atadi, garchi odamlarning yurtni tark etishiga sabab bo‘lgan hamma narsani uning o‘zi qildi. Odamlar hamon ketishda davom etishmoqda va ularning orzusi AQSh grin-kartasini yutish. Ular Buyuk kelajakka emas, balki Lola Tillaeva yashayotgan joyga intilishmoqda. Chunki Islomning daromad, oziq-ovqat, kiyim-kechakdan muammosi yo‘q edi – bu maishiy turmush bisotlaridan u ancha yuksakda edi. Uning hamma narsasi bor edi. Buning sababi, u hokimiyatga mahkam yopishib olgan, qonunlarni buzish faqat ungagina mumkin deya ishongan edi. Va u bu qonunlarni buzdi, chunki hech kim bunga qarshilik ko‘rsatmadi.
U o‘zgarishlarni istaganlarni yoki Konstituttsiyaga rioya qilishga chaqirganlarni jazoladi. Andijonni qonga botirdi. Minglab norozi odamlarni, jumladan fuqarolik faollarini, tadbirkorlarni, dindorlarni va siyosatchi bo‘lishni istaganlarni qamoqqa tashladi. Chunki mamlakatda faqat bitta siyosatchi bo‘lishi kerak, bu uning yakka o‘zi edi.

Mamlakat urug‘-aymoqchilik va korruptsiya botqog‘iga botdi. Shunchaki, ma'lumotlar hamma joyda yashirildi, otkat, pora berish, qonun va normativ qoidalarni sotib olish haqida hech kim eshitmadi, garchi hamma “tanish-bilish”, «qistir-qistir» yo‘li bilan ishini bitirib kelgan edi. O‘zbekistonda hamma narsa sotib olingan va sotilgan, hatto lavozimlar ham. Buning sababi shundaki, prezidentning o‘zi kaltabin, ablah va ahmoq bo‘lgan, uning a'yonlari ham unga mos kelishga intilishardi.
Va uni samoviy mavjudot kabi dafn etishdi. U odamlarning ruhini o‘ziga shu qadar bog‘lagan ediki, Islom Karimov bizni qanday botqoqqa botirganini anglab yetish uchun, o‘nlab yillar o‘tishi kerak bo‘ladi. Va hammasi, uning xalq bilan birga yashamagani kasofatidir.

Alisher Taksanov, publitsist

Tag‘in o‘qing
21 oktyabr 2022
Malaka sertifikatini olish 2023 yildan talab qilinishi kutilmoqda. Mamlakatning davlat tilini targ‘ib qilish to‘g‘risidagi so‘nggi bayonotida O‘zbekiston yuqori davlat ...
18 avgust 2020
«Men barmoqlarim ko‘karguniga qadar hokimiyatga osilib o‘tirmayman» degan edi jurnalistlarga Belarus prezidenti 2019 yilning noyabrida. Biroq bugun butun mamlakat bo‘ylab Lukashenko ...
24 aprel 2020
Qadrli «Eltuz» ko‘rarmonlari, men sizning har juma rassom Tuz va'zlarini kutayotganingizni bilaman va sizning e'tiboringizni qadrlayman. Afsuski, bu hafta ...
21 aprel 2020
Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozning «Segoh»iyu «Suvoro»larini tinglab, shuurim doim boshqa taraflarga yo‘naladi… Alloh ruhiga rahmat aylasin, buyuk Hofiz dindor ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...