Catira
19 fevral 2021

Alisher Qodirov: Erkin so‘z xotirjam hayotimizga xalaqit beradi

O‘zbekistondagi qo‘g‘irchoq partiyalardan biri bo‘lgan “Milliy tiklanish” partiyasining o‘z ta'biricha “prezident tayinlagan” rahbari Alisher Qodirov so‘z erkinligiga fe'lan qarshi bo‘lgan bayonot bilan chiqdi.

“Erkin so‘z qanchalar erkin bo‘lmasin, jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak!” deyiladi bayonot indallosida. Huquqiy savodi yo‘q¸ xavfsizlik idoralarida parvarishlangan Qodirov ismli indvidni qayta tarbiyalash mumkin emasligi va uning joyi tarix axlatxonasi ekanini bilamiz.

Lekin ayni paytda “millatning isyon qilish” huquqi haqida tushuntirirish fursati keldi. Qo‘zg‘olon qilish huquqi BMT deklaratsiyasida qayd qilingan mashru huquqdir va nuqta.

Hokimiyatni noqonuniy qo‘lga kiritgan uzurpatorga bo‘ysunmaslik, eng avvalo, konstitutsiyaga hurmatdir. (Marhum Valeriya Novodvorskaya «o‘zbeklar inson huquqlari deklaratsiyasini har kuni o‘qisin», deganida naqadar haqli edi).

Janoblar, O‘zbekistonda konstitutsiya bekor qilinmadi, BMT deklaratsiyasi ham o‘z kuchida turibdi.

Mirziyoevga yaltoqlansam bir narsalik bo‘laman, degan buqalamunlar eng kamida o‘z huquqiy savodsizligi uchun uyalmog‘i kerak. Demokratiya va sekulyarizm timsoli bo‘lgan Frantsiyada 14 iyul milliy bayramdir. Bu bayram fe'lan «millatning qo‘zg‘olon qilish huquqini» sharaflaydi.

Qo‘zg‘olon huquqi ( ezilganlarning oyoqqa qalqishi, inqilob huquqi) siyosiy falsafada vatandoshlarning qurol doxil barcha vositalar bilan o‘z huquq va erkini uzurpatorlardan himoya qilish huquqi deya malakalanadi.

Bu huquq insonga tug‘ilganidan ato qilingan tabiiy haqdir. Shu bois, uni inkor qilish uzurpatsiyani mashrulashtirish demakdir.

Insoniyat antik davrlardan o‘z boshiga kelgan tiranlarni o‘ldirib, bu huquqni asta-sekin qo‘lga kiritgan. Bu huquq ilk bora 1776 yilda yozma tarzda AQSh konstitutsiyasi preambulasidan joy oldi. Hujjatda «absolyut despotizmni ag‘darish» huquqi kafolatlanadi.

1789 yilda qabul qilingan Frantsiya inson huquq va erkinliklari deklaratsiyasining ikkinchi moddasi «vatandoshning qarshilik qilish huquqi – uning tabiiy erki» ekanini ta'kidlaydi. Bu deklaratsiyadagi qo‘zg‘olon huquqi 1793 yilga kelib yana to‘ldiriladi.

27-modda: Kimki xalqqa tegishli bo‘lgan suverenitetni o‘zlashtirsa, erkin grajdanlar tarafidan zudlik bilan qatl qilinadi. 33-modda: Qarshilik ko‘rsatish ezilganlarning tamal haqidir va bu haq insoniy erkinlikka uyg‘undir.

Polsha qirolligida vatandoshlarning «qarshilik ko‘rsatish» huquqi (prawo oporu, ius resistendi) tamal huquqlar sirasidan edi.

Polyak vatandoshlari bu huquq asosida Kazimir 1, Boleslav 2 kabi qirollarni taxtdan ag‘darishdi. Eslatib qo‘yaman, bu huquq vatandoshlarga «qurolli qarshilik ko‘rsatish» haqqini kafolatlagan.

1948 yili BMT qabul qilgan Jahon inson huquqlari deklaratsiyasi preambulasida «Inson so‘nggi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon qilib bosh ko‘tarish» haqqi e'tirof qilinadi.

Bu haq Germaniya konstitutsiyasida ham kafolatlanadi. FRG asosiy qonunining 20-moddasida Germaniyaning demokratik¸ sotsial va federal davlatchiligini «Buzishga uringan har kimga qarshi butun nemislar qarshilik ko‘rsatish huquqiga egadir», deyiladi.

Frantsiya konstitutsiyasining 1958 yilgi matni 1789 yilgi deklaratsiyada ko‘rsatilgan «qo‘zg‘olon huquqini» o‘z ichiga oladi. Frantsiya konstitutsiyasining 1971 yilgi matnida «vatandoshlarning uzurpatorni ag‘darish» huquqi asosiy va uzil- kesil¸ tamal haq o‘laroq kafolatlanadi.

O‘zbekiston konstitutsiyasida ham» Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai» ekani aytiladi. Bu hujjatda «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi», deyilgan.

Rassom Elsevar

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) Ha, o‘tmishga qaytamiz yana. Bizning umumiy ...
17 fevral 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Kutilmagan taklif (Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonlarda)10 mart seshanba kuni ...
1 sentyabr 2016
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi ...
21 may 2019
Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 60 yashar bog‘bon Norqul Hotamov turar joy va issiqxonalardan iborat ko‘chmas mulklarini tumanning sobiq ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...