Catira
22 fevral 2021

Konteynerda yashaydigan hokim

Namangan viloyati hokimi prezident kelgan paytda tanqid qilingan mahallada bu yerda sharoit yaxshilanguncha yashashini bildirdi.

— Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qo‘yiladi, — dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Abdurazzoqovga ko‘ra, mahallaga suv quvuri tortiladi va yo‘llar ta'mirlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 19 fevral kuni “Bunyodkor” mahallasida bo‘lgan va ichimlik suv yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan hududdagi ahvolni tanqid ostiga olgandi.

Prezident Namangan shahri prokuroriga tanbeh berib, «nega devorni oqlamaysan», degan edi.

– Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar, – degandi davlat rahbari. – Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz. Hech bo‘lmasa devorlarni oqlatib, hovlilarni tozalatib qo‘ysang bo‘lardi-ku?

Ayni paytda Namangan viloyatidagi yuzlab mahallalar prezident nazariga tushmagani va hokim konteyner qo‘yib yotmagani bois xarob ahvolda qolmoqda.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2022
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da. Joriy yil 4 yanvar ...
4 aprel 2021
O‘zbekiston tarixida ilk ro‘yxatga olingan muxolifatdagi «Erk» demokratik partiyasi Xidirnazar Allaqulov rahbarligida ta'sis etilgan yangi sotsial-demokratik partiyaga qarshi tazyiq ...
11 yanvar 2021
Haqiqiy islohotlar erkin fikrlovchi va tanqidchilarni tor-mor etish emas, balki ularni rag‘batlantirish va hatto qamrab olish orqali amalga oshiriladi. ...
26 iyun 2018
Huquq faoli Dilmurod Sayyid qamoqdaligida uni ko‘rishga borayotgan payti avtohalokatga uchragan qizi va rafiqasi ishi yuzasidan 25 iyul kuni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...