Catira
29 noyabr 2021

Xizmatkorni erkalatsang… yoki shved bosh vaziri qanday mashinada yuradi?

Shvetsiya bosh vaziri o‘z mamlakatida xizmat mashinasiga ega yagona siyosatchi. Qolgan mulozimlar ishga o‘z mashinasi, velosipedi yoki tramvayda boradi. Xalqi qashshoq bo‘lgan mamlakatlar mulozimlari qimmat mashinalarda yuradi. Masalan, O‘zbekiston Oliy sud raisi uchun kamida 6 mashina xizmat qiladi. Ulardan birining narxi 150 ming dollar.

Ammo Shvetsiya mulozimlari o‘ta kamtar ramka ichiga qamalgan. Masalan, butun bir shved parlamentida bittagina odamda xizmat mashinasi bor. Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyovenga xizmat maqsadida mashina biriktirilgan. Mabodo bu mashina bosh vazirning xotinini sartaroshxonaga olib borsa, qiyomat qo‘padi. Eng kamida bosh vazir iste'foga ketadi.

Shvetsiya bosh vaziri Volva S80 minar ekan. Bugun reestrdan tekshirib ko‘rsam, bu mashinaning ham yili yangi emas. 4 yil minilgan ekan. Atayin 4 yil minilgan Volva S80 necha pul turarkin, deb qarasam, Germaniyada 18 ming yevroda, Shvetsiyada esa undan ham arzonga e'lon ko‘rdim. Ya'ni Shvetsiyadagi asosiy birinchi rahbar 18 ming yevrolik mashinada yurarkan.

O‘zbekiston Oliy sudi raisi esa 150 ming dollarlik Mersda. Shartta parlamentga (shved parlamenti matbuot xizmatiga) telefon qilib: «Jaa yerga urvoripsizlar-u hukumat mulozimlarini. Mening Stokgolmdagi dokumenti yo‘q chilangar do‘stim «Bentli» minadi», deya e'tiroz bildirdim o‘zimcha. Bunga javoban parlamentdagi xushmuoamala xotin: «Shved parlamenti va hukumati taksopark emas. Mulozimlar velosipedda kelsa, sog‘lig‘iga yaxshi», dedi.

Bu xotinning aytishicha, shved parlamenti a'zolariga jamoat transportida yurish uchun tekin oylik chipta berilarkan. Shved matbuotida bu imtiyozni ham bekor qilish chaqiriqlari yangrab turadi. Matbuotga ko‘ra, mulozimlar xizmatkordir. Xizmatkorni erkalatsang, sendan oldin to‘rga chiqarkan.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2023
Yangiyo‘l tumani Nurobod MFYda uyi yonib ketkan ayolga yordam har tomondan oqib kela boshladi. Ayol uyini qayta tiklab berishmoqda. ...
23 fevral 2020
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘yganligi tufayli ma'muriy javobgarlikka ...
18 aprel 2020
Mana, azizlar, qatordan xato bo‘lmay, yana siz bilan yuzlashganimdan baxtliman. Holbuki, bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.  Bugun odamlar ...
24 sentyabr 2020
O‘zbekiston, Sirdaryo viloyati. Ba'zi to‘g‘onlar ming yillab xizmat qiladi. Ammo Sardoba qurilganidan so‘ng atigi uch yil o‘tib, 1 may ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...