chorshanba,
18 dekabr 2024
11 yanvar 2022
Hokimga sabr tilaymiz. 200 ming dollar topish osonmas!
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da.
Joriy yil 4 yanvar kuni Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirovning uyiga o‘g‘ri tushadi.
Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uydan nimalarni olganligini aniqlashtirish jarayonida kennoyim 200 ming dollarga achinib aytib qo‘yadi.
Endi o‘g‘rini topish kerak. O‘g‘riyam kimning uyiga tushishni biladi. Hukumat esa haliyam amaldorlarning boyligini bilolmay, deklaratsiya to‘ldirsin, deyapti.
Ha aytgancha, Jamol aka hokimlikka qadar Ozodbek Nazarbekovga zam bo‘lgan. Minde o‘ylasa, Madaniyat vazirligida oylik katta ekanda-a!
Muhammadali Muyassarov
Eltuz.com sayti muxbiri