chorshanba,
18 dekabr 2024
31 may 2016
«Viloyatdan kelganlar Toshkentga kiritilmaydi. Propiska kerak!»
Rassom Tuzning navbatdagi karikaturasi Toshkent propiskasiga oid. Eltuz.com o‘z fuqarolari erkinligini mamlakat ichkarisida va tashqarisida muttasil buzib kelayotgan O‘zbekiston hukumati siyosatini hajv qilishda davom etadi.
O‘zbekistonda hali ham 1932 yili Stalin imzosi ostida joriy etilgan propiska tizimiga ko‘ra, fuqarolardan majburiy propiska talab etiladi.
O‘zbekistonning barcha aholisi Ichki ishlar vazirligi bilan o‘z turar joyida doimiy ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishi kerak, shuningdek barcha aholi va ularning mehmonlari har qanday holatda, uch kundan ortiq qolish uchun vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Rassom Tuz
Eltuz.com