Manzura «O‘zbeknavo»ni nega sevadi?
Manzura Instagramdagi shaxsiy sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilayotgan shanbaliklar haqida pisanda qildi. (Imlo xatolari qanday bo‘lsa shundayligicha saqlangan).
“302 maktab. Kim ediku kim buldik… ya tak ponyala Vatan faqat menga kerak ekan :( :( :( tadbirlaridamiz. krome menya tengdoshlarimdan va zvizdalardan xech kim yuk :( :( :( :( Xamma zviiiiiiizdaaa :) :) :) :) :) Vatan men sen uchun fido budaman, xizmat kilaman sevaman, sevaman uzbeknavoni :( :( :( :( :( ”, – deb yozib qo‘ydi va 10 daqiqaga bormay suratdagi izohni o‘chirib yubordi.
Manzurani tushunsa bo‘ladi. Bahor keldi, xalqni tekinga ishlatish uchun o‘zbek hukumatining kommunistik merosi – subbotnik va xasharlar mavsumi boshlandi.
Xullas «O‘zbeknavo» mushuklarni tekinga oftobga chiqarmoqda majburlab.
Rassom Tuz
Eltuz.com