Catira
21 mart 2016

21 mart kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi

«Toshkent shahar hokimining 18 mart kuni imzonlagan 244-sonli qaroriga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayrami o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator ko‘chalarda transport harakatining cheklanishi belgilandi», deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, 21 mart kuni soat 06:00 dan 16:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda harakatlanish taqiqlanadi:
— “Bunyodkor” shohko‘chasining Muqimiy ko‘chasi bilan kesishuvidan “Qoratosh” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Qoratosh” ko‘chasining “Samarqand darvoza” ko‘chasi bilan kesishuvidan “Bunyodkor” shohko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “O‘zbekiston” ko‘chasining “Bunyodkor” shohko‘chasi bilan kesishuvidan “Olmazor” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Bobur” ko‘chasining “O‘rikzor” ko‘chasi bilan kesishuvidan “Sharshara” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Beshyog‘och” ko‘chasining “O‘zbekiston” ko‘chasi bilan kesishuvidan Furqat ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Furqat” ko‘chasining “Sharshara” ko‘chasi bilan kesishuvidan Navoiy ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Olmazor” ko‘chasining “O‘zbekiston” ko‘chasi bilan kesishuvidan “Beshyog‘och” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Baynalmilal” ko‘chasining “Bunyodkor” shohko‘chasi bilan kesishuvidan “Beshyog‘och” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Sebzor” hamda “Zarqaynar” ko‘chalarining tonnelga kirish joyidan.

Qarorda bayram tadbirlari hamda xalq sayllari o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan “Sebzor” ko‘chasining O‘zbekiston Davlat tsirki maydoniga tutash qismi, Toshkent Hayvonot bog‘iga tutash “Bog‘ishamol” ko‘chasi, “Baxt diyor” guzari oldi maydoniga tutash “Shokirariq” ko‘chasi, Markaziy zobitlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi), Mirzo Ulug‘bek, Bobur, G‘afur G‘ulom nomidagi, shuningdek “Gulshan”, Furqat, “Suvchi” dahasidagi “Quyoshcha nuri” istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda ham vaziyat taqozo etganda yo‘llarda harakatlanishning cheklanishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan.

21 mart kuni soat 06:00 dan 16:00gacha metroning “Milliy bog‘” hamda “Bunyodkor” bekatlarining “Istiqlol” san'at saroyi tomoni yopiladi.

Qarorda tegishli jamoat transporti xizmati tashkilotlariga tadbirlar hamda sayllar yakunlanishi davrida xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining sonini oshirish vazifasi yuklatilgan.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim G‘afurovlarning «She'ringizni tushuntirib bering» ...
6 may 2016
O‘zbekiston nashrlarida jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e'lon qilindi. Nashrlar bu jurnalistlar sovrinni nima uchun olganiga ...
8 iyul 2016
Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosini ta'mirlash bahonasida vayron qiliniyotgani ijtimoiy tarmoqda baxslarga ...
18 mart 2019
Yaqinda allaqaysi «akademik» O‘zbekiston Respublikasini monarxiyaga transformatsiya qilish taklifi bilan chiqdi. Aftidan, mamlakat rahbari ochiqchasiga laganbardorlikni sezgani ham yo‘q, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...