«Yer senikimi – yer meniki»
Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha texnika va harbiylar keltirilgan O‘zbekistonning Qirg‘iziston chegarasida “siyosiy harorat” tusha boshlagani kuzatildi.
Tomonlar Kerben-Ola Buqa avtoyo‘lidagi chegara maskanida harbiy texnika va askarlari sonini qisqartirganlar.
20 martda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmati vakillari muzokaralaridan so‘ng, har ikkala tomonda harbiylar 20 dan 8 tagacha qisqartirishga kelishib olishdi.
Jalolobod viloyatining Oqsoy tumani Chalasart hududidagi davlat chegara maskanining ikki tomonidagi askarlar miltiq tepkisidan qo‘lini olishgani borasida habarlar bor.
Chegaradagi vaziyat sokinlashgani bilan ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iz-O‘zbek chegarasida otishma bo‘lgani haqida torishuvlar qizigan.
19 mart kuni O‘zbekiston Chegara xizmati Navro‘z bayrami munosabati bilan davlat chegaralarida, jumladan Qirg‘iz chegarasida ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida bayonot tarqatgan edi.
Bunga javoban Qirg‘iziston Chegara xizmati ham Chalasart hududiga o‘z harbiylarini kiritgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com