Solijon Abdurahmonov – uqubatli sakkiz yil
Bu yil mahkum do‘stimiz Solijon Abdurahmonov 65 yoshda. 10 oktyabr kuni esa uning turmaga tashlanganiga sakkiz yil bo‘ldi. 2008 yili uni jurnalistik faoliyati sabab o‘zbek rejimi tuhmat bilan qamoqqa olgan edi.
O‘tgan davr bu rejimning erkin ovozlarni bo‘g‘ishdan boshqa narsaga yaramasligini namoyish qildi.
2014 yilning 30 noyabri kuni esa Yoxann-Filipp Palma nomidagi nemis jamg‘armasi uni yuksak xalqaro mukofotga taqdim etdi.
Bu tantanali marosimda na Solijonning o‘zi, na da uning qarindoshlari ishtirok eta olishmadi.
Germaniyaning Shorndorf shahrida o‘tgan 2014 yil uchun So‘z va matbuot erkinligi mukofoti laureati bo‘larkan mukofotni uning hamkasbi bo‘laroq unga yetkazish uchun men qabul qilib oldim.
Bu mukofot men uchun ham, Solijonning boshqa safdoshlari uchun ham sharafli edi.
Qudrat Bobojon
Eltuz.com