Asosiy mavzular
28 oktyabr 2016

Madhiyabozliklar tahlili yoki «baxtli» Beruniy

«Hurriyat» gazetasidagi (22.10) «Jurnalist so‘zi – jamoatchilik e'tiborida» sarlavhali maqola mamlakat ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan tahliliy va tanqidiy materiallar haqida.

Bu maqolaning boshlanishiyoq mazkur chorakda OAV xalq dardini aytish o‘rniga hamdu sano bilan mashg‘ul bo‘lganiga ishora qiladi.

«Joriy yilning uchinchi choragida OAVd e'lon qilingan turli mavzu va janrlardagi materiallarda asosiy e'tibor mustaqillik yillarida – 25 yillik tarixan qisqa muddatda yurtimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar, barcha soha va tarmoqlar bo‘yicha erishilayotgan yutuq va marralarni chuqur tahlillar asosida ko‘rsatib berishga qaratildi», deya boshlanadi maqola.

Ana shunaqa. Bu haybarakallachilarning ilg‘ori sifatida «O‘zbekiston» telekanalida 9 sentyabr kuni efirga uzatilgan «Tahlil – 25» ko‘rsatuvi tilga olinadi. Unda «istiqlol yillarida O‘zbekiston qoloq, agrar respublikadan bugungi kunda zamonaviy sanoat tarmoqlariga ega bo‘lgan…» davlatga aylangani ko‘rsatib berilgani aytiladi.

Qolgan tahliliy materiallarda ham «miclsiz yutuqlar va farovon hayot»ga shukronalik ruhi jo‘shib turibdi.
Maqolada tilga olingan tanqidiy materiallarda esa birorta jiddiy mavzuni uchratmaysiz. Ular asosan maishiy, masalan, kimgadir kredit berish paysalga solingani, obodonlashtirish ishlari qoniqarsizligi, dorixonalarda narxlar asossiz ravishda ko‘tarilib ketgani kabi masalalar xususida.

Tanqidiy mavzular sirasiga do‘konlarda plastik kartochkalardan foydalanishdagi muammolar ham kiritilgan. Masalan, plastik kartochka bilan savdo qilishda narxlarga ustama qo‘yilayotgani, ayrim ustomonlar plastik kartochkadagi pullarni 20-30 foiz evaziga naqdlashtirib berayotgani ta'kidlanadi.

Gazetadagi «Muammoga xolis yondashuv» sarlavhali maqolada bu masalani bir qadar chuqurroq tahlil qilishga urinilgan. Unda yozilishicha, hatto Toshkent shahrida ham plastik kartochkada savdo qilishda muammolar bor. Farg‘onadagi «Mehnat va turmush » gazetasi muxbiri shu muammoni ko‘tarib chiqqanida esa o‘z hamkasbining raddiya tarzida berilgan tanqidiga ham uchragan.

«Afsuski, (bu mavzudagi maqolalarni)… to‘g‘ri talqin qilmaydigan rahbarlar va ularning haybarakallachisi bo‘lgan hamkasblarimiz ham topiladi», deydi muallif.

Gazetada mana shu masala yuzasidan Markaziy bank raisi o‘rinbosari imzosi bilan olingan javobga ham o‘rin berilgan. Ammo bu javobdan «bank sohasidagi yutuqlar va afzalliklar»ni sanab o‘tishdan boshqa gap topa olmaysiz.

Eng e'tiborlisi, gazeta bu masalada mutasaddilar tomonidan berilgan javobni to‘laqonli emas, deb baholashga o‘zida kuch topa olgan. Bu ham har holda bir ijobiy o‘zgarishdir. Chunki gazetalar shu paytgacha hatto shunday xulosa yasashga ham kimdandir cho‘chib turardi…

Gazetada zamonaviy o‘zbek estradasi vakillari haqida «Beruniy eshitmagan nag‘malar» sarlavhasi ostida yana bir maqola e'lon qilinganki, u ham e'tiborga arziydi.

«Qilig‘ingga o‘t tushgurlar», deya yozg‘iradi muallif va «Jahongir Poziljonov, Shohruxxon, Munisa Rizaeva, Jasur Umirovlarmi bugungi yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan? Yoki «Benom» (nomini qarang!), «Ummon» guruhlari kabi yana bir talay yangi paydo bo‘layotgan ovozsiz, sozsiz xonandalarmi?» deya kinoyali savol tashlaydi.

Muallif «qo‘shiq bo‘lmagan karra jadvali qolgani»ni aytar ekan, «o‘zbek tilini yaxshi bilmaganidan ona tilimizdagi so‘zlarni talaffuz qilishga qiynadigan» Rayhonni va «…unday qizla bizdaylani mensimaydiye…» deya voy-dod soladigan xonandai zamon» Jasur Umirovni qattiq tanqid qiladi.
Shuningdek, qo‘shiqlarga ishlanayotgan kliplar maza-matrasiz ekani, buning ustiga, oriyatsizlikni targ‘ib qilayotgani ta'kidlanadi.

U buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning musiqa, ohang va she'r uyg‘unligiga bergan ta'rifini keltirar ekan, uni baxtli inson deb ataydi.

«Chunki u bugun ommalashayotgan, quloqlarimiz tugul miyamizni ham zaharlayotgan jo‘n nag‘malarni hech qachon eshitmagan», deya xulosa qiladi muallif.

Bahodir Sharif

O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2021
Benksi juda mashhur, u afsona, u millionlar nigohida Super Star. Nega? Asl ism-sharifi noma'lum, sirli ravishda ijod qilgani uchunmi? ...
31 may 2021
Xorazmning Xiva tumanida bir kambag‘al beva ayolning o‘g‘li nomiga olingan 30 million so‘m kreditni o‘zlashtirishda bosh rollardan birini o‘ynagan ...
20 mart 2020
Ko‘chadan kelib, qo‘limni kirsovun bilan uch qaytalab yuvdim. Keyin spirt bilan chaydim. Keyin limon siqib, suvi bilan yuz qo‘limni ishqaladim.  ...
1 avgust 2016
Eski ToshMIning Nikolay g‘ishtdan qurilgan va O‘zbekiston tarixiy yodgorliklar idorasi muhofazasida bo‘lgan binosi Bosh vazirning bir imosi bilan buzildi. ...
Bloglar
23 noyabr 2021
Yangi milliy kutubxona qurilishi (yangi milliy teatr qurilishi ham) yangi va yap-yangi O‘zbekistondagi eng keraksiz ...
21 noyabr 2021
Siyosatchi bo‘lish¸ siyosatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga yozuvdim ...
11 noyabr 2021
Xalqaro jurnalist «Agneshkaxon voqeasi» ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni ...